So’nggi yangiliklar

04:32"Жар"да қорбўрон ўйнаган "Ал Ҳилол" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  5 04:28ОФК ЭЧЛ. "Ал Васл" ғалабани қўлдан чиқарди  0 04:15А Серия. "Ювентус" ғалаба қозониб, кучли тўртликка қайтди  3 01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  2 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  7 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  4 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  10 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  1 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  1 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  7 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  17

Baxtiyor Ashurmatov: "Mag'lubiyatimizga hakam aybdor deb aytolmayman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Mag'lubiyatimizga hakam aybdor deb aytolmayman"

O'zbekiston Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin durangga mos edi, lekin omad "Neftchi" jamoasi tomonida bo'ldi. Birinchi chempionat o'yini bo'lgani bois yigitlarimizda hayajon sezilib turdi. Jangovar o'yin bo'lganiga qaramasdan, kam vaziyatlar yaratdik. O'ylaymanki, o'yindan o'yinga yaxshi holatga chiqib boramiz. To'g'ri, to'p nazorati bizda bo'ldi, ammo raqib darvozasi yaqinida buning uddasidan chiqa olmadik.

Javohir Sidiqov ikkinchi hujumchi vazifasini bajarishi kerak edi. Bundan tashqari, Quvondiq Ro'ziev hujumda yordam berishi nazarda tutilgandi. Mo'min Meliev yakkalanib qoldi va to'pni o'zida saqlashga harakat qildi. Lekin afsuski, unda deyarli vaziyatlar bo'lmadi. Bitta hujumchi bilan o'ynaganimiz uchun yarim himoyachilar yordamga borishlari ko'zda tutilgandi", – deya gap boshladi Ashurmatov.

- O'tgan yilgi tarkibga nisbatan bu yilgi tarkib kuchliroq ko'rinyapti. Jamoaning oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- O'tgan yilgi tarkibimizda jamoaviy o'yin shakllangandi. Aytaylik, Muhammadanas Hasanov, SHohnazar Norbekov, Farhod Bekmuratov, Bobur Akbarov, Asad Sobirjonov kabi futbolchilar jamoani tark etishdi. Ularning o'rnini to'ldirishga harakat qildik. Quvondiq Ro'ziev va Javohir Sidiqovni ortga qaytardik. Hujumkor yarim himoyachilar ko'paydi, lekin Farhod Bekmuratov va Iqbol Malikjonov ketgani bois tayanch yarim himoyachilarimiz kamaydi. Hozirgi paytda Oybek Rustamov yakkalanib qolyapti. Himoyamizda ham Bobur Akbarovning o'rni sezildi. Afsuski, selekciya ishlari jarayonida bo'ydor himoyachi topa olmadik. 

O'yinimizni shakllantirib olsak, hujumkorlik va to'p nazorati bobida tarkibimiz kuchliroq bo'lishi mumkin. O'ylashimcha, o'tgan yilgi va hozirgi tarkibimiz teng kuchga ega. Agar etakchilarimizni saqlab qolganimizda, ancha kuchli tarkib bilan o'ynardik.   

- Murod Xolmuhammedov endi faqat himoyada o'ynaydimi?  

- Ha, Xolmuhammedovni faqat markaziy himoyada o'ynatamiz. SHuningdek, o'rinbosarlar tarkibimizdagi futbolchilardan foydalanamiz. 

- Penalti borasida nima deya olasiz? 

- Penalti haqida hech narsa deya olmayman. Bosh hakam vaziyatga yaqin turgandi. VARdagilar unga xabar berganidan so'ng 6-7 daqiqa holatni o'rganib chiqdi va penalti qo'yishga qaror qildi. Hozir ko'rmasdan turib, uning qarorini muhokama qila olmayman. Mag'lubiyatimizga hakam aybdor deb aytolmayman. Yutqazdikmi, demak, yutqazdik. Yutuq uchun etarlicha harakat qila olmadik deb hisoblaymiz va yo'qotilgan ochkolar o'rnini keyingi turlarda to'ldirishga intilamiz.

- "Qo'qon-1912" jamoasidan tashqari deyarli barcha jamoalar xorijda yig'in o'tkazishdi. Ushbu jarayon ham mavsumga tayyorgarlik jarayonida jamoaga tasir o'tkazganmi?

- Bilasizmi, mag'lub bo'lgandan keyin "Turkiyada yig'in qilganimizda yaxshi holatda bo'lardik", "Bu futbolchi ketmaganda jamoamiz kuchliroq bo'lardi" yoki "Hakam penalti yuzaga kelmaganda durang bo'lardi" deya ro'kach qilaversak, bu bahona bo'lib qoladi. 

Biz o'z rejamizga ko'ra etarli darajada tayyorgarlik olib bordik.

Ishonchim komilki, Javohir Sidiqov va Quvondiq Ro'ziev bundan yaxshiroq futbol namoyish qila oladi. Ozgina vaqt kerak, ular haqiqiy Qo'qon o'g'lonlari sanalishadi.

Muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Mag'lubiyatga uchraganimizga qaramasdan, ancha ruhiy dalda berib turishdi. Jamoamiz nomidan rahmat. Xudo xohlasa keyingi o'yinlarda ularning ishonchini oqlaymiz.

"Neftchi"ni bugungi g'alaba bilan muborakbod etaman.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика