So’nggi yangiliklar

12:03Роҳатижон  0 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  2 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  19 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Lyasyuk bizda iliq taassurot qoldirmadi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Lyasyuk bizda iliq taassurot qoldirmadi"

Ertaga "Navbahor" CHirchiq va Toshkentda o'tkazilgan dastlabki yig'inni yakunlaydi.
Futbolchilarga ikki kunlik dam olish elon qilingach, 20 iyuldan ikkinchi davraga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishiladi. Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga qarshi nazorat o'yinidan so'ng dastlabki yig'in va bazi masalalarga oydinlik kiritish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga murojaat qildik.

- Birinchi yig'in Sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Bugun shogirdlarim "So'g'diyona" futbolchilari bilan navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Birinchi bo'limda ular yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ammo, ikkinchi taymda raqibga ikki gol urishga imkon berishdi. Uchrashuvdan oldin ularga agarda g'alaba qozonishmasa, uylariga bir kun kechroq qaytishlarini aytgandim. SHu boisdan futbolchilarning uylarini sog'inishgani ularning o'yinlariga ham o'z tasirini o'tkazdi deb o'ylayman. Ertaga o'yinchilarga ikki kunlik xordiq elon qilinadi. SHundan so'ng navbatdagi yig'inimiz "Lokomotiv" bilan uchrashuvga qadar davom etadi.

- Tarkibga yangi qo'shilganlar xususida fikringiz qanday?
- Akbar Sattaev va Ruslan Kachurlarni bugun maydondagi harakatlarini kuzatdik. Navbatdagi yig'inlarimizda ularni ham taklif etishga qaror qildik. 20 iyuldan so'ng tashkil etiladigan yig'inimizda ham murabbiylar shtabi ishonchini oqlashsa, ular bilan ham shartnoma tuziladi.

- Abdumalik Abdullaev va SHahboz Erkinovlar nima sababdan uchrashuvlarda qatnashishmayapti?
- Abdullaev tibbiy ko'rik hulosasiga ko'ra davolanishi zarur. SHu sababli hujumchimiz ikkinchi davra boshlangunga qadar sog'ligini tiklamoqda. SHahboz Erkinov esa endigina jaroxatidan forig' bo'lib, individual dastur asosida mashg'ulotlarga kirishgan.

- Feruz Boboqulov va Mo'ydin Mamazulunovlar ham "Navbahor" safiga qo'shilishi mumkinligi to'g'risida mish-mishlar tarqarldi.
- Mamazulunovni jamoamizda ko'rmoqchi ekanligimiz rost gap. Ammo uning "Mashal" bilan o'zaro kelishuvi bor. Qolaversa muborakliklar rahbariyati ham futbolchini o'zida saqlab qolishga axd qilgan. Garchi Mo'ydin "Navbahor"ga o'tish istagini bildirgan bo'lsada, "Mashal" uni qo'yib yubormadi. Jahongir Mehmonov bilan ham shunga o'xshash vaziyat ro'y berganini takidlashim lozim. Feruz Boboqulov varianti esa muhokama qilinmagan.

- SHuningdek Andrey Lyasyuk ham katta moliyaviy talab qo'yganligi tufayli u bilan shartnoma tuzilmaganmish...

- Yo'q. Lyasyuk yomon o'yinchi emas. Lekin, u bizda iliq taassurot qoldirmagani bois bugun uni kuzatib yubordik. Futbolchi bilan iliq xayrlashib, bir birimizga omad tilaganmiz. Katta mablag'larni talab qiladigan o'yinchilar bilan shartnoma imzolamasligimizni oldin ham aytganman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика