So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  40 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

Baxtiyor Ashurmatov: "Legionerlarning harakatidan qoniqmadim" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Legionerlarning harakatidan qoniqmadim"

PFL kubogi 1-turida "Navbahor" klubi birinchi liganing "Obod" klubiga mag'lub bo'ldi (0:1).
Ushbu o'yindan so'ng "lochinlar" ustozi Baxtiyor Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Obod" bizga yaxshigina dars o'tib berdi. Bu jamoa o'tgan yil birinchi ligada juda yaxshi ishtirok etgandi. O'yindan oldin yigitlarga oson bahs bo'lmasligini aytgandim. Afsuski barchaga bu gaplarim etib bormadi shekilli...

Bugungi o'yin biz uchun juda kerakli bo'ldi. Bir qator o'yinchilar haqida xulosa chiqarish uchun zarur edi. Tarkibda 8 nafar asosiy futbolchini kiritmadim. Ularni o'rnida yoshlar va yangi kelganlarni sinab ko'rdim. Jamoaga yordam bera olmaydigan o'yinchilarga javob beramiz. Tezroq biz jamoamiz o'zagini aniqlab olishimiz va mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishimiz kerak", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

- Legionerlar borasida fikringiz?

- Ochig'i legionerlarning harakatidan qoniqmadim. Oliy liga boshlanishiga 1 oy vaqt qoldi, ularni tayyorlab 3-4 oy kuta olmaymiz. SHu bois bizga to'la tayyor bo'lgan legionerlar kerak.

- Jamoa bilan uzoq muddat birga bo'la olmaganingiz "Navbahor"ga tasir qilmadimi?
- Yo'q, bunday deb o'ylamayman. Sababi birinchi va ikkinchi yig'inda urg'uni ko'proq jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan. Hozir esa asosan o'yinlar orqali mavsumga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Bir oydan ortiq vaqt ichida jamoa o'yinini yaxshilab olishimizga ishonaman.


Humoyun Davurov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика