So’nggi yangiliklar

22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  34 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  8 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  6 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  10 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  26 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  3 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  14 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10

Baxtiyor Ashurmatov: “Kubok o'yinlariga ham masuliyat bilan yondoshamiz” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Kubok o'yinlariga ham masuliyat bilan yondoshamiz”

Teglar :  Baxtiyor Ashurmatov
Jizzaxda kechgan “Zomin” – “Andijon” (0:2) uchrashuvidan so'ng “burgutlar” ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ochig'ini aytganda, “Zomin” bizga qarshi o'yinda jang qilishini kutgandik. SHu sababli uchrashuvga bir kun qolganida emas balki ikki kun oldin Jizzaxga etib kelib, tayyorgarlik ko'rdik. Kecha va bugun bo'lib o'tgan Kubok doirasidagi boshqa o'yinlarning natijasi bilan tanishib chiqdik. SHunda oliy liga klublari jiddiy qiyinchilikka duch kelganini ko'rish mumkin. Xususan “Olmaliq” jamoasi “Nurafshon” bilan o'yinda qo'shimcha bo'limlarda g'alaba qozongan bo'lsa, “Navbahor” ham qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi. “Qo'qon-1912” esa avvaliga mag'lubiyatga uchrab keyinchalik hisobda oldinga chiqib oldi. SHu bois men futbolchilarimga bundan to'g'ri xulosa chiqarib, “Zomin”ga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz zarurligini uqtirdim - deya gap boshladi Ashurmatov.

- “Zomin” - bu sirli tulpor degan bo'lardim. Tarkibida taniqli futbolchilar bo'lmasligi mumkin. Lekin katta ishtiyoq evaziga muxlislari oldida oxirigacha kurashadi. SHu sababli oson bo'lmasligini takidlagandim. Qaysidir futbolchilarga bu gaplarim tasir qilib, to'liq tayyor xolatda maydonga chiqishdi. Yana ayrimlarida esa birinchi liga klubi bilan o'ynamoqdamiz degan hayol bo'ldi. SHuning uchun o'ylaymanki uchrashuv oson bo'lmadi. 

- “Zomin” jamoasi bugun bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. SHu bois raqib jamoa tomonidan ko'rsatilgan o'yin uchun ham rahmat aytaman. Bir necha golli vaziyatlardan unumli foydalana olmaganimiz ham biz murabbiylar shtabini o'yin oxiriga qadar tahlikada ushlab turdi. Yigitlarim oxiriga qadar kurashdi. Yakunda esa haqli ravishda g'alaba qozondik. To'g'ri, kamchiliklar ham yo'q emas. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Uchrashuvdan-uchrashuvga o'z o'yinimizni shakllantirib borishimiz kerak. 

- Ushbu qo'lga kiritilgan g'alaba bizga ruhiy jihatdan ustunlikni bag'ishlaydi va kelgusi o'yinlar uchun bu juda muhimdir. 

- Etibor bergan bo'lsanglar ayrim klublar Kubok o'yiniga asosiy futbolchilarini olib bormagan. Biz esa Kubokdagi har bir uchrashuvga masuliyat bilan yondoshmoqdamiz. Bu haqda yigitlarga ham aytib o'tdim. Endi keyingi bosqichda “Qizilqum” bilan ro'baro' kelamiz va shu o'yinda ham g'alaba qozonib 1/4 final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun ishtirok etamiz. CHempionatda keyingi tur “Qo'qon-1912” bilan muhim uchrashuvni o'tkazamiz. SHunday bo'lsada “Qizilqum” bilan ham asosiy tarkib futbolchilari bilan o'ynaymiz. Ularning har biriga jiddiy yondoshamiz. Oldimizda aniq vazifa bor - deydi Baxtiyor Azamovich. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика