So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

Baxtiyor Ashurmatov: "Kelishilgan o'yin bo'ladi deganlarga maydonda javob berdik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Kelishilgan o'yin bo'ladi deganlarga maydonda javob berdik"

O'zbekiston kubogi finali doirasidagi AGMK - "Paxtakor" (3:1) uchrashuvidan so'ng Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi o'yinda bizni qo'llab-quvvatlab turgan vodiy ahliga rahmat aytaman. Maydonda o'ynagan futbolchilarim va zaxirada qolgan futbolchilarim bilan faxrlanaman. Finalda tan olish kerak ko'plab mutaxassislar va muxlislar AGMKga ishonishmagandi. Yigitlar maydonda borlarini berib o'ynashdi. Bugungi o'yin ularning faoliyatidagi eng muhim uchrashuvlardan biri bo'lib qoladi. Jamoamiz rahbariyatiga rahmat aytaman", - deydi Ashurmatov.

"Eng asosiysi g'alaba qozondik. Barcha muxlislarga rahmat aytaman", - deydi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Yovan Jokich.

- AGMK keyingi yil Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Sizning klub bilan shartnomangiz qachongacha mo'ljallangan?

- SHartnomam yil oxirida tugaydi, agar yaxshi jamoa tuza olsak shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazamiz deb kelishib olgandik. Oldinda Superliganing 5ta turi bor. Mana shu bahslarni munosib o'tkazib olsak keyingi taqdirim borasida rahbariyat bilan gaplashamiz.



- AGMK futbolchilariga kubok finalida g'olib chiqishgani uchun qancha mukofot puli berilishi haqida gap-so'z bo'ldimi?

- Ochig'i aytaman finaldan oldin yigitlar maydonga yangi tarix yaratish uchun chiqishdi. AGMK sharafi uchun o'ynashdi. O'yindan oldin futbolchilar bu mavzuni ochishmadi ham, biz kubokda g'olib bo'ldik. Endi o'yinchilarni munosib rag'batlantirish rahbariyatga bog'liq.

- Ham futbolchi ham murabbiy sifatida O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan ikkinchi inson bo'ldingiz. Birinchisi Mirjalol Qosimov edi.

- Bu statistikani o'yindan oldin ko'rgandim. Mirjalol Qo'shoqovichnin yo'lini berganidan xursandman. Ochig'i futbolchi sifatida kubok yutishdan ko'ra murabbiy sifatida yutish juda og'ir. Sababi murabbiy bo'lib butun jamoaga javob berasiz.

- Hakamlaraga etirozingiz yo'qmi?

- G'alaba qozongan bo'lsak qanday etiroz bo'lishi mumkin (kuladi). Hakamlar bugun yaxshi ishlashdi, "Paxtakor"ning salobati bosgani yo'q.

- Uchrashuvdan oldin AGMK kelishilgan o'yinda yutqazib beradi degan gap-so'zlar bor edi. Mana shunday gap tarqatib yurganlarga nima degan bo'lardingiz?

- Bunday gap-so'zlar bor edi. Xudoga shukur maydonda yuzimiz yorug' bo'ldi. To'g'ri "Paxtakor" kuchli, lekin o'yinda jamoalarning imkoniyati teng. Bugun munosib o'yin ko'rsatib, bizga ishonmagan odamlarga maydonda javob berdik deb o'ylayman.


Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика