So’nggi yangiliklar

23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди. Футболчи   0 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 23:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  15 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Katta transferlar qilmaymiz va jamoamizdagi yigitlarga ishonishda davom etamiz" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Katta transferlar qilmaymiz va jamoamizdagi yigitlarga ishonishda davom etamiz"

Transferlar oynasi vaqtida Superliganing barcha jamoalari qaynoq haridlarni amalga oshirishmoqda.

"Qo'qon-1912" jamoasi ham yozgi transferlar oynasida bir nechta futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgani tayin. Eshitishimizga qaraganda klub "Paxtakor" futbolchilari Asadbek Sobirjonov va Javohir Siddiqovga qiziqish bildirgan. Bu qay darajada haqiqatga yaqin? Bu borada jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga yuzlandik.

"Hozircha transferlarda faol emasmiz. Jamoamizdan Otabek Haydarov, Suhrob Nurulloev, SHodiyor Hojimatovlar ketishdi. "Neftchi"dan ijaraga olingan Hojimatov birinchi davrada kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgani uchun jamoasiga qaytdi. Birinchi davrani "Andijon"da o'tkazgan Islom Abdullaev jamoamizga qaytdi. Lekin, "Andijon" klubi ikkinchi davrada posbonimizni yana ijaraga olmoqchi. Bu erda iqtidorli darvozabonni xohish va istagiga qaraymiz. Islom jamoamizda qolsa darvozabonlar orasida raqobat kuchayadi. Kim kuchliroq bo'lsa, o'sha asosiy tarkibdan o'rin oladi. 

To'g'ri, transferlar vaqtida jamoamizga taklif qilishni istagan futbolchilarimiz bor. Lekin, katta transferlar qilmaymiz va jamoamizdagi yigitlarga ishonishda davom etamiz. Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz, turnir jadvalida yaxshi o'rinlarni olish uchun oxirigacha kurash olib boramiz",- deydi Baxtiyor Ashurmatov. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика