So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  0 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  10 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

Baxtiyor Ashurmatov: "Jurnalistlar... Hech narsani esdan chiqarmaysizlar, qoyil!" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Jurnalistlar... Hech narsani esdan chiqarmaysizlar, qoyil!"

Coca-Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Juda muhim o'yin edi. Kerak bo'lsa 6 ochkolik o'yin, deb atasa ham bo'laveradi. "Metallurg" bilan musobaqa jadvalida qo'shni bo'lib turgandik. Aytish mumkinki, juda muhim ochkoni qo'lga kiritdik. Jasur Abduraimov kelgach  "Metallurg" hujumkorroq uslubda o'ynayotgan edi. SHu sabab raqibdan kelib chiqib, himoyaviy o'yin uslubini tanladik. "Andijon" bilan o'yindagi g'alaba ularga qo'shimcha kuch bergan, shu sabab juda ham og'ir o'yin bo'ldi.

- "Qo'qon-1912” bundan 19 yil avval Bekoboddan g'alaba bilan qaytgan ekan. Bugun nimaning evaziga g'alaba qo'lga kirildi deb o'ylaysiz?

- Buni bilmagan ekanman. "Metallurg" biz uchun noqulay jamoa. Uydagi o'yinda ham, kubokdagi o'yinda ham bu jamoaga mag'lub bo'lgandik. Yigitlarga buni takidlagandik. Bugungi o'yindagi g'alabaga sabab sifatida yigitlarning jangovor o'yin ko'rsatganliklarini keltirib o'tgan bo'lardim. Mezbonlar ham kamida durangga loyiq o'yin ko'rsatishdi.

- SHohnazar Norbekov o'zi ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgandi. Keyin yana zaxiraga olindi...

- Bizda himoyadan ko'ra hujumda variantlar ko'proq edi. SHohnazar Norbekovga rahmat aytgan bo'lardim. Nega deganda himoyani kuchaytirish uchun zaxiraga olinishiga uning o'zi rozi bo'ldi. SHu sabab Farhod Bekmurodovni maydonga tushirdik.

- O'tgan o'yinda o'yinni cho'zish haqida fikr bildirgandingiz...

- Jurnalistlar... Hech narsani esdan chiqarmaysizlar, qoyil!  Ochig'i, bu narsa yodingizdan ko'tarildimi, deb o'ylagandim. O'tgan turda shu fikrni aytganim rost. Agar "Metallurg" jamoasiga va klub rahbariyatiga o'yinni cho'zgandek ko'ringan bo'lsak, bu uchun uzr so'rayman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика