So’nggi yangiliklar

14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  3 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  15 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  16 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Jamoada yurakdan o'ynaydigan yigitlar qolishdi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Jamoada yurakdan o'ynaydigan yigitlar qolishdi"

Yozgi tanaffus ham tugab jamoalarimiz ikkinchi davrani ham boshlab yuborishdi.

Saytimiz orqali "Navbahor" jamoasida ro'y bergan o'zgarishlar bilan muxlislarimizni tanishtirib bordik. Davralar oralig'idagi o'zgarishlarning yakuni sifatida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov bilan uyushtirilgan suhbatni etiboringizga havola etamiz.

- Ikkinchi davraga olib borilgan tayyorgarlikdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Ikkinchi davraga tayyorgarlikning birinchi bosqichini 10 iyuldan CHirchiq shaxrida boshladik. Bu yig'inda ko'proq futbolchilarning jismoniy xolatini yuqori darajaga olib chiqish ustida ishladik. Keyingi yig'inlarimizni Toshkent shahrida o'tkazdik. Bu yig'inda asosiy etiborni o'yin uslubini mukammallashtirish va o'rtoqlik o'yinlariga qaratdik. Umuman olganda ikkinchi davraga tayyorgarlikni o'zimiz rejalashtirgan darajada o'tkazdik. Bu yig'inlarda yigitlar astoydil va yurakdan mehnat qilishdi. Tayyorgarlikdan ko'nglim to'ldi. SHu o'rinda tayyorgarlik ko'rishimiz uchun sharoit yaratib bergan jamoa rahbariyatiga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim.

- Tarkibga qo'shilgan yangi futbolchilar “Navbahor”ni qay darajada kuchaytirishadi deb o'ylaysiz?
- Jamoaga taklif qilingan yangi futbolchilar ishonchni oqlashadi degan niyatdaman. Selekciya jarayonida ko'proq mahalliy futbolchilarga etibor berishga harakat qildik. “Qo'qon-1912”dan Qahramon Mahammadjonovni qaytardik. “Olmaliq”dan darvozabon Akmal Ortiqovni taklif qildik. “Kosonsoy”dan hujumchi Davron Isoqovni chaqirdik. Ikkinchi davra arafasida olib borilgan selekciya ishlari jarayonida himoyachilarimiz Rahmatillo Berdimurodov va Tohir SHamsitdinovlarni ham safga qaytishlarini ham inobatga olganligimizni ham aytib o'tishni istardim. Ushbu futbolchilarimizni safga qo'shilishlari himoya chizig'imizni kuchayishiga xizmat qiladi deb o'ylayman. Birinchi davrada  ularning yo'qligi ham himoyamizni kuchsizlanishiga sabab bo'lgandi.

- Ijaradan qaytarilgan Botir To'raboev, Qahramon Mahammadjonov va G'ayrat Jo'raevlarning bugungi kundagi holatlari qay darajada?
- Birinchi davrada ijarada “Xotira-79” jamoasida o'ynagan G'ayrat Jo'raev va Botir To'raboevni ortga qaytardik. Bu futbolchilar muxlislarimizning va murabbiylar ishonchini oqlashlari shart deb hisoblayman. Malum sabablarga ko'ra Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, Sanjar Asqaraliev, Botir Nosirov, Islom Isoqjonov kabi futbolchilarni taklif qila olmadik. Nasib qilsa keyingi mavsumda ham ishlasak bu futbolchilarni jamoaga taklif qilishga harakat qilamiz. Ijaradan qaytarilgan Mahammadjonov birinchi davrada kam uyin amaliyotiga ega bo'ldi. Jo'raev va To'raboev birinchi ligada o'ynashdi. Ularning hozirgi xolati yaxshi. Lekin, asosiy tarkibga tushishlari uchun qattiq mehnat qilishlari talab etiladi. Murabbiylar shtabiga taniqli mutaxassis Aleksandr Volkovni taklif qildik. Bu mutaxassis ham qo'lidan kelganicha jamoamizga yordam berishga tayer.


- Legionerlar xizmatidan voz kechilishiga moliyaviy holat sabab bo'ldimi yoki ular bilan barqaror o'yin ko'rsata olmaganliklari uchun xayrlashildimi?
- Legioner futbolchilarimiz birinchi davrada qo'llaridan kelgancha yordam ko'rsatishdi. Lekin, ularga barqarorlik etishmadi. Rijko o'tgan yilgi mavsumda muxlislarimizning yoqimtoyiga aylangandi. Bu yilgi mavsumda afsus uning o'yinida pasayish kuzatildi. Melenchuk yaxshi saviyadagi darvozabon, lekin ko'p jarohat oldi va biz xohlagan darajada o'ynashi qiyin bo'ldi. Georgiev esa yomon taassurot qoldirmadi. Viloyat hokimi bilan gaplashganimizda ko'prok mahalliy futbolchilarga etibor berishimizni takidladilar va biz shu sababli legionerlar bilan do'stona xayrlashdik. Jamoa va jamoamiz muxlislari nomidan ularning keyingi futbolchilik faoliyatlariga omad tilaymiz.

- Jamoa futbolchilari Ulug'bek Baqoev va Otabek Valijonovlar ikkinchi davraga olib borilgan tayyorgarlik yig'inlarida to'liq ishtirok eta olishmadi. Muxlislarni bunga nima sabab bo'lganligi qiziqtirmoqda?
- Otabek Valijonov sog'ligi bilan bog'lik muammo tufayli birinchi yig'inlarimizda qatnasha olmadi. Keyin afsus tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi va ikkinchi davraning dastlabki turlarida qatnashish uchun ruxsat tegmadi. Hozirda u davolanishini davom ettiradi. Malum vaqtdan keyin yana tibbiy ko'rikdan o'tadi. Otabek jamoamizning asosiy o'yinchilaridan biri va o'ylaymanki keyingi turlarda Otabek safimizga qaytadi. Baqoev ham mashg'ulotlarga kechroq qo'shildi. SHu sababli birinchi o'yinga biz bilan bormaydi. Baqoevni o'ynovchi murabbiy deb hisoblasak ham bo'laveradi. Baqoev maydondagi yordamchim. Ulug'bek “Navbahor”ning ishqibozlarini muxlislik qilishini ko'rib hayratga tushdi. Bunaqangi ajoyib muxlislarni Kozog'istonda ham uchratmaganini ko'p takidlaydi. Ulug'bekdagi jangovar ruh va g'alabaga chanqoqlik hali bizga asqotadi. Bir so'z aytgandi Ulug'bek ikkinchi davrada qo'lidan kelgancha jamoaga yordam berishga tayer.


- Ayni paytda Sizni nima ko'proq tashvishga solmoqda?
- Ayni paytda meni ham, muxlislarimizni ham selekciya jarayonini o'zimiz xohlagan darajada olib bora olmaganimiz tashvishga solmoqda. Murabbiy sifatida eng ko'p jamoani kuchaytirishni xohlagan men bo'laman. Lekin, o'zimiz istagan futbolchilarni chaqirish uchun bizda imkoniyat bo'lmadi. Yaxshi saviyadagi darvozabon, markaziy himoyachi va hujumchi olishni maqsad qilib qo'ygandik. Yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan gaplashdim ham. Lekin, moliyaviy tomondan talablarni qondirishimiz uchun hozircha imkoniyat yo'qligi sababli muzokaralarni to'xtatdik. Viloyatimiz rahbarlari qo'ldan kelganicha bizni qo'llab-quvvatlashmoqda. SHu o'rinda ozgina vaqtdan yutqazganligimiz sababli ayrim futbolchilar bilan kelishuvga erisha olmadik. Birinchi davradan so'ng to'rtta-beshta asosiy tarkib o'yinchilari jamoadan ketishdi va ularning o'rnini to'ldira olmadik. Biroq, jamoadagi yigitlarga ishonaman va o'ylaymanki biz bu yigitlar bilan muxlislar ishonchini oqlaymiz. Vaziyatdan kelib chiqib selekciya ishlarini olib borganimiz va muxlislar xohlagan darajadagi o'yinchilarni olib kelolmaganimiz uchun muxlislarimizdan uzr so'ragan bo'lardim va bizni to'g'ri tushunishlarini iltimos qilardim. Yana shuni aytib o'tishni xohlardimki, jamoamiz etakchilari Dilshod Jabborov, SHahboz Erkinov, Sanat SHixov, Azim Ahmedov kabi futbolchilarimizga boshqa jamoalardan taklif bo'lganda bu takliflar ustida o'ylab ham o'tirishmadi. SHu sababli ikkinchi davrada “Navbahor”da yurakdan o'ynaymiz degan futbolchilar bilan ishni davom ettiramiz. Jamoamiz rahbarlari esa moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatlashlarini takidlashgan. Bizdan esa faqat chiroyli o'yin ko'rsatish va muxlislarimiz mehrini qozonish talab qilinadi.

-Yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi o'tkaziladimi?
- Jamoamiz ikkinchi davraning dastlabki ikki turi safarda o'tkazilishi va o'quv-mashg'ulot yig'ini Toshkentda bo'lib o'tganligi sababli yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkaza olmadik. Tanishtiruv marosimini "Neftchi"ga qarshi uchrashuv arafasida o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz.

- Jamoa muxlislariga qanday fikrlaringiz yoki tilaklaringiz bor?
- Muxlislarimizni jamoaga ishonishlarini va jamoani qo'llab-quvvatlashlarini iltimos qilgan bo'lardim. Muxlislarimiz doimo sog'-salomat bo'lishsin.


SHavkat Sodiqov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика