So’nggi yangiliklar

15:08"Локомотив" назорат учрашувида "Динамо"дан устун келди  0 14:40Санчо Рэшфорднинг "Астон Вилла"га ўтганига муносабат билдирди  3 14:28ПФЛга мурожаат. Про лигадаги сукунат қачон тугайди?  0 14:11"Сурхон" ПФКга янги Бош директор тайинланди  1 13:23"Фулхэм" "Рома" футболчисини ижарага олмоқчи  0 12:55"Ал Гарафа" - "Пахтакор". Ўзаро ўйинларда устунлик Қатар клубида  6 12:37Жон Стоунз: "Арсенал"га қарши ўйин учун мухлислардан кечирим сўрайман"  4 12:13Аёллар футзали. Ўзбекистон терма жамоаси CAFA мусобақасини Эронга қарши ўйин билан бошлайди  0 11:57Хосеп Гвардиола Ҳусановнинг вазияти ҳақида гапирди   15 11:29"Насаф" Туркияга учиб кетди  4 10:52Рамос янги жамоасида қанча ойлик олиши маълум  3 10:19«Навбаҳор» футболчилари Суперлига-2025 қуръаси ҳақида фикр билдирди  2 09:45Клаудио Раньери кечаги учрашувда нега асосий таркибда ўзгаришлар қилганини тушунтириб берди  13 09:13Sofascore. Кечаги учрашувда «Ман Сити» ҳимоячилари неча баҳо олишди?  16 08:40Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Наполи»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  12

Baxtiyor Ashurmatov: “Istefoga chiqmoqchi bo'lib turgandim, lekin...” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Istefoga chiqmoqchi bo'lib turgandim, lekin...”

Oliy liganing 12-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Olmaliq” (0:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Afsuski oxirgi paytlarda jamoa muvaffaqiyatsizlik evaziga muammolar girdobiga tushib qoldi. Bugun mag'lub bo'lganimizga qaramay muxlislarimiz qo'llab-quvvatlashdi. Ularga shuni aytishim mumkinki, nasib qilsa oxirigacha kurashamiz va qachonki ishqibozlarimizga yoqadigan jamoa tuzsak, shundagina jamoadan ketish haqida o'ylash mumkin. Ungacha agarda rahbariyat va muxlislar ishonch bildirishda davom etsa oxirigacha ishlab, ular xohlagan darajaga olib chiqamiz. Ochig'ini aytganda, hozir murabbiylik faoliyatimda ilk bor shunday qiyin vaziyatga tushib qoldim. O'tgan turda “Metallurg” bilan bahsda muxlislar etiroz bildirishdi. Mana bugungi uchrashuvda ham. Ular bunga haqli. CHunki o'zimiz ishqibozlar kutganichalik futbol namoyish qila olmayapmiz. Lekin yana shunisi ham borki, jamoada murabbiy o'zgarishi har doim ham foydali bo'lib chiqmaydi.SHu sababli biz jamoa bilan gaplashib oldik. Futbolchilar va murabbiylar ahil bo'lib ishlamas ekanmiz ishqibozlar kutgan darajaga chiqish murakkab.  

- Bu erda yangi jamoa tuzishda katta qiyinchiliklarga duch keldim. Bunchalik darajada bo'lishini o'ylamagandim. Bu qiyinchiliklarni engib o'tishimiz kerak va kuniga 24 soat ishlab, xatolar ustida ishlab jamoa tuzsakgina keyin boshqa jamoa haqida o'ylasam bo'ladi.

- Qiyin vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak. O'ylaymanki biz buni uddalay olamiz. Lekin buning uchun jamoa ahil bo'lishi muhim. Futbolchilar shu narsani his qilishi kerakki, ular o'zlari uchun emas Andijon shani uchun, ashaddiy ishqibozlar, murabbiylar va rahbarlar shani uchun o'ynashi kerak. Ikkinchi bo'limda o'ynagandek har doim shunday xarakat qilishsa, “Andijon” har qanday jamoa uchun jiddiy qarshilik ko'rsata oladi.

- Afsuski so'nggi paytlarda omad bizdan yuz o'girmoqda. “Metallurg”ga qarshi kechgan bahsda ham bir qator 100 foizli imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bugungi uchrashuvda ham shu kabi vaziyatlardan foydalana bilmadik.   

- Agarda muxlislar va rahbariyat istefoga chiqishimni talab qilmasa, Andijondan yorug' yuz bilan ketish uchun bu erda kurashchan jamoa shakllantirishga bor kuchim bilan ishlayman. Nasib qilsa shu niyatimga etaman. To'g'ri, ishqibozlarga doimo g'alaba kerak. Ular sevimli jamoasidan ijobiy natija kutishga haqli. Jamoaga kelgan chog'imda klubni autsayderlar qatoridan olib chiqib ketaman deb aytgandim. Xudo xohlasa bu ishni uddalaymiz va muxlislar ishonchini qozonamiz.

- Ayrim sabablarga ko'ra, o'yindan oldin malum muddat jamoa bilan birga bo'la olmadim. Albatta bu ham qaysidir manoda bugungi mag'lubiyatimizga tasirini o'tkazgan bo'lishi mumkin. CHunki bosh murabbiyning jamoada yo'qligi futbolchilarga tasirini o'tkazishi extimoli katta. Tan olaman, bu mening aybim. Muxlislardan ham uzur so'rayman. CHunki men oson taslim bo'lib, istefoga chiqmoqchi bo'lib turgandim. Bu erga imkon qadar ko'proq ochko jamg'arib, muxlislarni stadionga tashrifini yanada oshiramiz degan maqsadda kelgandim. “Navbahor”da ishlagan paytimda men bunga muvaffaq bo'lganman. Autsayerlar qatoridan jamoa chiqib ketgandi. Lekin Andijonda hozircha o'ylagan rejalarimiz amalga oshmayapti. Bundan keyin ishlashda davom etsak, muxlislar va rahbarlar tomonidan hech qanday etiroz bo'lmaydi.

- Bugungi o'yindan keyin menda kurashish uchun katta ishtiyoq paydo bo'ldi. Buning uchun muxlislar biroz sabr qilishlarini so'ragan bo'lardim. To'g'ri, bu erda juda ko'p murabbiylar almashinuvi ro'y beradi. Yangiliklarni muxlislar kutib yashashadi. Aytaylik hozir jamoaga yangi murabbiy kelsa,  vaziyat ijobiy tomonga o'zgarib, zo'r bo'lib ketadi degan fikrga borishi mumkin. Lekin ular to'g'ri tushunishsin, jamoada vaziyat baribir muxlislar xohlagan darajada emas. Yangi murabbiy kelgan taqdirda ham juda qiyin bo'lardi. Ular ham jamoani biz tuzmaganmiz yoki o'yinchilarning saviyasi past degan fikrlarni bildirishlari mumkin. Bu jamoani o'zimiz tuzganmiz. Muvaffaqiyatsizlarga ham biz aybdormiz. Salbiy natijaga biz javobgarmiz. SHu sababli oxirigacha kurashish kerak va qiyin vaziyatdan chiqib ketishimiz zarur. Aytib o'tganimdek, kuniga 24 soat ishlashga tayyorman. Ishonchim komilki, biz buni uddalaymiz – deydi Baxtiyor Azamovich.

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика