So’nggi yangiliklar

23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   0 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51РПЛ. "Акрон" Эсанов ишлаган пенальти орқали тарихий ғалабани қайд этди  3 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  10 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  26 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   5 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2 20:57ПРО-Лига. "Қўқон-1912" мавсумдаги еттинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  6 20:39Расман: Марко Ройс МЛС жамоасига ўтди  2 20:27Суперлига. "Металлург" - "Нефтчи" 0:0  0 20:00Суперлига. Охирги ўриндаги "Металлург" "Нефтчи" билан дуранг ўйнади  27 19:55"Кетсанг-чи, энди. Барибир сени майдонга туширмаймиз"  6

Baxtiyor Ashurmatov: "Istefoga chiqishga tayyorman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Istefoga chiqishga tayyorman"

So'nggi kunlarda "Navbahor" haqidagi gap-so'zlar barchani etiborini tortib kelmoqda. Safardagi so'nggi ikki o'yin muxlislarning jamoaga bo'lgan ishonchini so'ndirdi.
Saytimizda ham muxlislar klubdan qattiq norozi ekanliklarini "komment"larda bildirib o'tishmoqda. Ishqibozlarning noroziliklari jamoa bosh murabbiyini ham qattiq o'ylantirganligi bor gap. SHuning uchun kecha J.Koreyadan Baxtiyor Ashurmatov qo'ng'iroq qilib vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildi. Mazkur suhbatni quyida boshqacha shaklda mutolaa qilishingiz mumkin.

MUXLISLARGA MUROJAAT
Men avvalo muxlislarimizdan jamoamiz ko'rsatgan o'yinlar uchun uzr so'rab qolaman. Andijonga borib tinmay jamoamizni olqishlab turgansizlar, lekin futbolchilar shunga yarasha o'yin ko'rsatishmagan. Bundan xabardorman. Hozir "Navbahor" sizlarning qo'llab-quvvatlashlaringa muhtoj. "Paxtakor" bilan o'tadigan uchrashuvda sizlarning mehr va olqishlaringizsiz biz hech narsa qila olmaymiz. Muxlislarsiz futbol sport turi emas. SHunday ekan, mana shunday og'ir damlarda bizni oldimizda turishlaringizni iltimos qilaman. SHuni ishontirib aytamanki, oldindagi beshta uchrashuvni yuqori kayfiyatda o'tkazib, sizlarning ishonchingizni qayta qozonamiz. Xudo xohlasa, 15 oktyablarga muxlislar bilan yig'ilish o'tkazamiz.

MAQSADIMIZ - MUXLISLAR MEHRINI QOZONISH
Ayni paytda Janubiy Koreya davlatida O'zbekiston terma jamoasi bilan birga bo'lib turibman. Bilasizmi, so'nggi o'yinlarda jamoam ko'rsatgan natijalar meni hayratlantirdi. Oxirgi uch uchrashuv muxlislarning jamoadan ko'ngli qolishiga kifoya bo'ldi. Men avval ham ko'p bor takidlab o'tganman, bizning asosiy maqsadimiz namanganlik muxlislar mehrini qozonish bo'lgan. Dastlabki davradagi o'yinlarimiz bilan ko'pchilikni nazariga tushdik. Xususan, "Paxtakor", "Bunyodkor", "Nasaf" jamoalariga qarshi o'tkazilgan o'yinlardan so'ng O'FF prezidenti va MOQ raisi Mirabror Usmonovning ham etiboriga sazovor bo'ldik. Buning natijasida klubga yangi xomiy ham biriktirildi. O'sha o'yinlarimiz bilan ishqibozlarimizning mehrini qozonayotgandik. Ammo so'nggi uch uchrashuvdagi natijalar bilan muxlislar ishonchini yo'qotdik.

VATAN SHA'NINI HIMOYA QILISH BURCHIMIZDIR
Jizzax va Andijonda o'tgan uchrashuvlar haqida to'liq malumotga ega emasman. Uchrashuv yozilgan diskni ko'rgach nimalar bo'lganligi haqida gapirsa bo'ladi. Lekin hozir bu haqda biron bir fikr ayta olmayman. Faqat gollarni ko'rganim bilan to'liq xulosa qilishga erta. "Bunyodkor" bilan o'tgan o'yinni ko'rishga erishdim. SHu uchrashuvda yigitlar yomon o'yin ko'rsatishmadi, lekin yaxshi ham emas. Hayronman, men yo'qligimda jamoa umuman boshqacha o'yinlar ko'rsatdi. Vatan shanini himoya qilish maqsadida jamoa bilan ko'p muddat bo'la olmadim, bu ham natijalarga tasir ko'rsatgan bo'lishi mumkin. Ammo O'zbekiston nomini himoya qilish barchamizning burchimizdir, deb bilaman.

FUTBOLCHILARGA ISHONAMAN
Jamoa bilan birga bo'lmagan vaqtimda yordamchilarim bilan suhbatlashib, kerakli maslahatlarni berib turdim. Baribir bosh murabbiy bo'lmagandan so'ng vaziyat o'zgarishi tabiiy. Andijonda o'tgan derbidan so'ng ayrim andijonlik muxlislarning menga aytishicha o'yin umuman zerikarli o'tgan. O'yin kelishilgan yoki kelishilmaganligi nomalum. SHunchaki "Navbahor" umuman o'ynolmagan. SHaxsan o'zim, bunday kelishilgan uchrashuvlarga doim qarshi bo'lib kelganman. Futbolchilarim orasida o'yinni sotadiganlari yo'q. Men qo'l ostimdagi barcha futbolchilarga doim ishonib kelganman. Ammo qaysidir o'yinchi kimdandir bir so'm olgani aniqlansa yoki o'yinni sotgani malum bo'lsa unday futbolchi uchun jamoada joy yo'q.

OLDINDAGI O'YINLAR
Oldinda bizni yana 5 ta uchrashuv kutib turibdi. 2 oktyabr kuni "Paxtakor"ni qabul qilamiz. Men Namanganga o'yin kuni etib boraman. Hozir bu erda ayrim masalalar tufayli ushlanib turibmiz. "Paxtakor" bilan o'yindan so'ng yana terma jamoa ixtiyoriga qaytishga majburman. Bu vaqtda terma jamoamiz o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. "Paxtakor"ga qarshi kechadigan uchrashuvda toshkentliklarning g'alabasi aniqligi aytilmoqda. Bu futbol, unda g'alaba ham, mag'lubiyat ham bo'lib turadi. Biz "Paxtakor"ga qarshi bor kuchimizni sarf etib, faqat va faqat uch ochko uchun maydonga tushamiz. Yana shuni ham takidlamoqchimanki, qolgan uchrashuvlarni yuqori suratda o'tkazishiga harakat qilamiz.

BARCHA JARIMAGA TORTILADI
To'g'risini aytganda, "So'g'diyona" bilan bo'lgan o'yindagi natijani eshitib "shok" holatiga tushib qoldim, bunday hisob va o'yinni umuman kutmagandim. Ana shunday o'yinlar uchun jamoamiz massajchisidan to mening yordamchilarimgacha barchani jarimaga tortamiz. Jamoa ixtiyoriga etib borishim bilan zudlik bilan barcha bilan yig'ilib bo'lib o'tgan ishlar yuzasidan suhbatlashamiz.

ISTE'FOGA TAYYORMAN
Men muxlislar fikri bilan doim qiziqib kelganman. www.lochinlar.asia va boshqa saytlardagi ishqibozlar fikrlarini doim o'qib turaman, ular nima istashlarini kuzatib boraman. So'nggi o'yinlardagi vaziyatdan so'ng muxlislar murabbiylar shtabi faoliyatidan qattiq norozi. Buni juda to'g'ri tushunaman. Bosh murabbiylikka mendan munosibroq nomzod bo'lsa, muxlislar meni ketishimni xohlashsa darhol o'z o'rnimni bo'shatib berishga tayyorman. Yangi mutaxassis bilan "Navbahor" yuqori cho'qqilarga erishsa bundan men juda xursand bo'laman. Men "Navbahor"ga terma jamoa murabbiyi bo'lish uchun, yuqoriga ko'tarilish uchun kelmaganligimni alohida takidlab o'tishni istardim. Lekin mening "Navbahor" bilan rejalarim bor. Asta-sekin "Navbahor"ni peshqadamlar safiga qo'shilishiga harakat qilyapmiz. To'g'ri tushunish kerak, bir yildayoq natija ko'rsatish juda mushkul.


Ulug'bek ABDULLAEV tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика