So’nggi yangiliklar

14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  0 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  1 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  0 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  6 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  48 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  6 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  5 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  26

Baxtiyor Ashurmatov: "Garchi “Paxtakor” bilan o'ynagan bo'lsakda ikkita hujumchi bilan bahsni boshladik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Garchi “Paxtakor” bilan o'ynagan bo'lsakda ikkita hujumchi bilan bahsni boshladik"

Coca Cola Superliga 10-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” va “Paxtakor” uchrashuvidan so'ng dastlab qo'qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




“Hozirgi holatimizdan kelib chiqsak yomon o'yin ko'rsatmadik deb o'ylayman. “Paxtakor” jamoasi tarkibida tajribali va mahoratli futbolchilar jamlangan. Bu bugungi bahda muhim rolni o'ynadi. Mahorat va vaziyatlardan foydalanish hisobiga g'alaba qozonishdi. Mag'lubiyatga uchraganimizga qaramasdan yigitlar oxirigacha kurashishdi. Jangovar futbol namoyish qilishdi. Afsuski, biz vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Bugungi o'yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Agarda shu jangovar ruhiyatda davom etadigan bo'lsak keyingi o'yinlarda ijobiy natija qayd eta olamiz”,- deya gap boshladi Ashurmatov.

- Uzoqdan berilayotgan zarbalarni aksariyati samarasiz ketmoqda. Bu borada mashg'ulotlarda ishlanmoqdami?

- Bizda Yakuba va qolgan o'yinchilarimiz ham uzoqdan zarbalar yo'llay olishadi. Yuqorida aytib o'tganimdek vaziyatlardan foydalana olmadik. Mashg'ulotlarda buning ustida ishlanadi. “Paxtakor” tarkibidagi futbolchilarning mahorati yuqoriligi muhim ahamiyat kasb etdi. Raqib jamoasi oldida ko'plab havfli vaziyatlar yaratdik.

- Jamoa mehmonlardagi o'yinlarga moslasha olmayapti. Jamoa uchinchi golni o'tkazib yuborganidan keyin ketma-ket hujumlar uyushtira boshladi. SHuni vaqtliroq amalga oshirish mumkin edimi?

- Omad etishmayapti. Lekin, fikrizga qo'shilmagan bo'lardim. Birinchi bo'lib “Paxtakor” darvozasi oldida vaziyat yaratdik, Sardor Azimovda imkoniyat bo'ldi, SHohnazar Norbekov vaziyat yaratdi. Birinchi gol bo'lguniga qadar “Paxtakor” darvozamiz oldida birorta vaziyat yaratgani yo'q. Standart vaziyatdan urilgan gol raqib g'alabasini taminladi. Yana bir narsaga etibor berishlaringni so'rardim, garchi biz “Paxtakor” bilan o'ynagan bo'lsakda ikkita hujumchi bilan bahsni boshladik. Bu juda kam uchraydigan holat hisoblanadi. Har bir murabbiyni o'z uslubi bor. Ammo, ko'p jamoalar “Paxtakor”ga qarshi bitta hujumchi bilan o'ynaydi. “Paxtakor” bilan o'yinda chuqur himoyaga yotib olsak baribir ertami kechmi gol o'tkazib yuborardik.

- Quvondiq Ro'ziev, Botirali Ergashevning holati qanday? Ular keyingi turgacha safga qaytadimi?

- Gapni ochig'i, mag'lubiyatga uchragandan keyin Murod Holmuhammedov yoqi Quvondiq Ro'ziev yo'q edi deb bahona qilish noto'g'ri bo'ladi. Ular etakchi futbolchilarimiz hisoblanadi. “Lokomotiv” bilan uchrashuvgacha emas, undan keyingi turlargacha qaytishadi degan umiddaman. Muzaffar Muzaffarov “Qizilqum” bilan o'rtoqlik uchrashuvida oyog'idan yana jarohat oldi, u ham yaqin orada bizga yordam bera olmaydi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика