So’nggi yangiliklar

10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  14 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  4 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  2 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  3 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  7

Baxtiyor Ashurmatov: "Ettinchi o'rinni olib OCHLga chiqishni istamaymiz" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Ettinchi o'rinni olib OCHLga chiqishni istamaymiz"

Coca Cola Superliga 11-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" (1:2) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng qo'qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Gapni ochig'i o'yin asabiy ruhda o'tdi. Yigitlar oxirgi daqiqaga qadar murabbiylar shtabini tahlikada ushlab turdi. Uchrashuvlar markazlashgan holatda o'tmoqda, shunday bo'lsada biz mehmonda to'p tepdik. Mehmonda qo'lga kiritilgan birinchi g'alabamiz bilan jamoamiz rahbarlarini, futbolchilarni tabriklayman. G'alabadan xursandman. Golga qadar omadimiz kelmadi, penaltidan unumli foydalana olmadik. Sen urmasang senga urishadi deganlaridek Temurxo'ja Abduholiqov yuqori saviyadagi hujumchi ekanligini isbotladi va gol urdi. Yigitlarga rahmat aytishni istardim, gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ham to'xtab qolishmadi. "Lokomotiv"da ham murabbiy almashgan, futbolchilar yangi murabbiyga o'zlarini ko'rsatishni istashadi. Marat Bikmaevning maydonga tushirilishi raqib o'yinini kuchaytirdi deya olaman. Biz ham so'ngi daqiqalarda vaziyatdan foydalanib gol urib ketdik. Muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi, juda ham muhim bo'lgan ochkoni qo'lga kiritdik. Olti ochkolik o'yin bo'ldi desam yanglishmayman. "Lokomotiv" turnir jadvalidagi asosiy raqobatchimiz edi.

Ettinchi o'rinni olish OCHLda o'ynash sport principlariga to'g'ri kelmaydi. Biz ham ettinchi o'rinni olib OCHLga chiqishni istamaymiz. O'zimizni mehnatimiz bilan bosqichma-bosqich, halol mehnat bilan OCHLga chiqmoqchimiz. Bu yil ham tarkibimiz yomon emas, ayrim masalalarda selekciya ishlarini ko'ngildagidek olib bora olmadik.

O'ng qanot himoyamizni kuchaytirishni istagan edik. Biroq, o'zimiz istagan futbolchilarni ololmadik. Asadbek Sobirjonov va Javohir Sidiqovni "Paxtakor" oldinda OCHL bahslari borligi sabab olib qolishni istadi. Ularning qarorini hurmat qilamiz. Biz olishni istayotgan futbolchilarni ayrimlarini o'z jamoalari bilan shartnomalari bor yoki katta malag' evaziga olib kelish mumkin. Tarkibimizdagi bor futbolchilarga ishonch bildirishga harakat qildik.

Murod Holmuhammedovni qaydnomaga kiritdik. Agarda 11 metrlik penalti ishlaydigan bo'lsak Murod Holmuhammedovni tushirib penaltidan keyin yana zaxiraga olishni reja qilgandik. Uning hozirgi holati ikki taym o'ynashga imkon bermaydi. Bizga futbolchilarimizni sog'lig'i muhim. Penalti tepilayotgan vaziyatda ko'zlarimni ham yumib oldim, biroq gol bo'lmadi. Holmuhammedovni jismoniy holati yaxshi bo'lsa keyingi uchrashuvlarda tushurishga harakat qilamiz",- deydi Ashurmatov.



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика