So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  5 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Davron Fayziev uchun eshiklarimiz ochiq" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Davron Fayziev uchun eshiklarimiz ochiq"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Ochig'i biz 3 ta uy uchrashuvida g'alaba qozonmaganimiz uchun muxlislar oldida ham xijolatda edik. Jamoa futbolchilarida ham bosim bor edi, shu sabab bugun g'alaba qozonishimiz shart edi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, zarur g'alabani qo'lga kiritdik. Lekin "Mashal" birinchi bo'limda ideal o'yin ko'rsatdi, to'p nazorati va qarshi hujumlarda bizdan ustunlik qilishdi. Natijada hisobda ham oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo'limda o'yin tizginini qo'lga oldik, zaxiradan qo'shilgan futbolchilar ham yaxshi o'yin namoyish etishdi.

- Davron Fayziev "Buxoro"dan ketgani haqida xabarlar tarqaldi. U Qo'qonga qaytishi mumkinmi?


- Mumkin, Davron Fayziev o'tgan mavsumda ham jamoamizda ishlagan. U yaxshi inson, yaxshi mutaxassis. Davron Orifovich jamoamizdan ketganida biz hafa bo'lganmiz. U kishi uchun eshigimiz hamisha ochiq, jamoamizga qo'shilsa bundan faqat xursand bo'lamiz.

- Sizga sog'lik tilaymiz. Suhrob Berdiev safga qaytsa, Anvar Hojimirzaevning moslashish jarayoni muvaffaqiyatli o'tib o'yini yanada kuchaysa, jamoangiz yanada ko'proq gollar urishiga ishonasizmi?


- Sog'lik tilaganiz uchun rahmat. So'ngi vaqtlarda sog'ligimda ozroq muammolar bor edi. To'g'risini aytganda meni sog'ligimdan ko'ra jamoamizning natijalari xavotirga solib turgandi. Bugungi natijadan xursandman. To'g'ri hozir oldimizdagi vazifani bajarganimiz yo'q. Lekin bosimni engib o'tib muxlislarimizni xursand qildik degan umiddaman. Zaxiradan qo'shilgan Abduhamidov va Bambalar o'yinni kuchaytirishdi. Ular asosiy tarkibda tushishga ozgina tayyor emasdilar. Yakuba Bambaning sog'ligidagi ozroq muammo bor edi, shu sabab uni zaxiradan tushirdik. Xamidullo ham 4-5 oy davomida maydonga tushmadi, sekin-asta o'z formasini tiklayapti. Suhrob Berdiev sog'ayib ketib safga o'yinimiz yanada kuchayadi. SHuningdek Bobur Akbarovda ham jarohat bor edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика