So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  4 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  8 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  16

Baxtiyor Ashurmatov: "Championat.asia saytini tezkor xabarlar chiqaradigan, axborotni muxlislarga tezkorlik bilan etkazadigan sayt deb hisoblayman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Championat.asia saytini tezkor xabarlar chiqaradigan, axborotni muxlislarga tezkorlik bilan etkazadigan sayt deb hisoblayman"

Bugun erta tongdan “championat.asia” saytida chiqqan xabar barcha qo'qonlik muxlislarni xavotirlariga sabab bo'ldi.

 Xabarda “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov sog'ligi sababli Qo'qondagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi to'g'risida malumot berilgan.

Biz masalaga aniqlik kiritish maqsadida jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga murojaat qildik.

–Assalomu alaykum. Baxtiyor Azamovich avvalo sog'liklaringiz yaxshimi? Championat.asia saytidagi malumotga aniqlik kiritib bersangiz.


-Assalomu alaykum. Xudoga shukr sog'ligim yaxshi. Yaqinda operaciya jarayoninini o'tkazgan edim. 2 soat davom etadi deyilgan operaciya 6 soatga yaqin davom etdi. SHu sababli “Turon” bilan o'yinga ko'rilgan tayyorgarlik jarayonida bir nechta mashg'ulotlarni o'tkazvorishga majbur bo'lgandim. ”Qizilqum” jamoasi bilan bo'ladigan o'yindan keyin 15-20 kun davomida yana davolanish kurslarini o'tashim kerak. SHu sababli bu vaziyatdan o'zim ham havotirda edim. Mashg'ulotlarni qo'yvorsam jamoa natijalariga tasir o'tkazmasmikin degan fikrni tanish jurnalistlarim davrasida aytib o'tgandim. Bu xabarni shunga asoslanib chiqarishgan bo'lishsa kerak. Umuman Championat.asia saytini tezkor xabarlar chiqaradigan, axborotni muxlislarga tezkorlik bilan etkazadigan sayt deb hisoblayman. Lekin xavotirga o'rin yo'q. Rahbarlarimiz 3-turdan keyin davolanib olish uchun imkoniyat bo'ladi, fikringni bo'lma deb qo'llab quvvatlashdi va men ulardan juda ham minnatdorman. Hali Qo'qonda qiladigan ishlarimiz ko'p. Biz va hozirgi rahbariyat ishlagan paytda jamoa o'z avtobusiga ega bo'lishi, jamoamiz uchun futbol bazasi qurilishi,futbol akademiyasi ochilishi orzuimiz va bu yo'lda harakatlar qilinyapti. Eng katta orzuimiz esa xudo xohlasa ashaddiy muxlislarimizning niyati “Qo'qon-1912” jamoasini Osiyo chempionlar ligasida qatnashishini amalga oshirish. Jamoamiz raxbariyati esa menga o'z ukalariga bo'lgandek munosabatda bo'lishmoqda. Men ularning menga bo'lgan munosabatini va muxlislarimizning mehrini juda xam qadrlayman. SHu sababli jamoa rahbariyati va muxlislari menga qancha vaqt ishonch bildirishsa shuncha vaqt yurakdan ishlashga tayyorman. Hali beri Qo'qondan ketish niyatim yo'q.

– Muxlislar orasida sizga Namanganning “Navbahor” jamoasi taklif bilan chiqqanligi haqida ham gap-so'zlar ko'payib ketdi...

- “Navbahor” jamoasida bo'layotgan o'zgarishlarga befarq emasman.Navbaxorda ishlagan paytimni iliq xotiralar bilan eslashim va “Navbaxor” muxlislarini juda xam xurmat qilishimni ko'pchilik biladi. “Navbahor” rahbariyatida oliyjanob insonlar ishlashadi.Ular bilan munosabatimiz do'stona.Va meni Qo'qonda ishlab turganimni bilib turib menga taklif bilan chiqishmaydi.CHunki ular Qo'qon jamoasini natijalariga befarq emaslar.Biz mavsum boshida bir-birimizga omad tilaganmiz.”Navbaxor” va “Qo'qon-1912” rahbariyatining niyati bu ikki jamoani yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoalar qatorida ko'rish.SHu sababli “Navbaxor” jamoasini yangi murabbiy tayinlangani bilan tabriklayman va ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

– Jamoamiz futbolchilari dastlabki turda “Turon” jamoasi ustidan g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilishdi. Ushbu o'yinda sizga maqul bo'lgan va maqul bo'lmagan jihatlarga ham to'xtalib o'tsangiz...


-Yaypandagi o'yinda menga eng maqul bo'lgan jihatlar “Turon” jamoasida amalga ishirilayotgan ishlar. “O'zbekiston” stadionida katta rekonstrukciya ishlari bo'lganligi, futbolchilarning kiyinish xonalari chiroyli qilingani, muxlislarga alohida tahoratxonalar qurilgani, yangi tribuna,akademiya va baza qurilishi , bularning barchasi meni xursand qildi. Stadiondagi atmosfera, muxlislarning stadionni to'ldirib turishlari , noqulay ob-havo sharoitlariga qaramasdan Qo'qondan borib bizni qo'llab turgan muxlislarimizning harakatlari barchamizni xursand qildi. SHu fursatdan foydalanib barcha muxlislarimizga yana bir bor o'z minnatdorligimni izhor qilaman.
Eng yoqqan jihat shu bo'ldiki , o'z ukalarimdek bo'lib qolgan futbolchilarimdan o'yindan oldin bitta narsani iltimos qilgandim. Bugun men uchun g'alabalaring har doimgidan ham zarur. CHunki bugungi o'yindan so'ng yana Toshkentga borib shifokorlar ko'rigida bo'lishim kerak, yana mashg'ulotlarni o'tkazvorishga majbur bo'laman. Bugun maydonda borlaringni beringlar, yutinglar. Men yaxshi kayfiyatda Toshkentga borib kelay degandim. Yigitlar bu o'yinga judayam masuliyat bilan yondoshishdi. SHunday tuyuldiki o'sha kuni yigitlar ham muxlislar uchun, ham murabbiy uchun ham o'ynashdi. Men futolchilarimga buning uchun yana bir rahmat aytaman.

Yoqmagan jihat kam bo'ldi. Nimani aytishim mumkin yaratilgan vaziyatlardan to'liq foydalanmaganimiz bo'ldi.O'yin so'nggida esa “Turon” jamoasiga xujumlar qilishga imkoniyat berib qo'ydik. Demak yana ishlaydigan kamchiliklarimiz bor.

Eng yoqmagan narsa bu o'yin qaydnomasiga 18 nafar futbolchini kiritilishi bo'ldi. O'tgan mavsumda qaydnomaga 20 nafar futbolchini kiritish mumkin edi.Biz bu mavsum uchun tarkibga futbolchilarni olganimizda o'tgan yilgi tartib bo'ladi deb o'ylab, 20 nafar futbolchi va uch nafar darvozabonni tarkibimizga jalb qilgan edik. Bu yil esa mavsum boshlanish arafasida qaydnomaga 18 ta futbolchi kiritilishi mumkinligini bildik. Natijada Anvar Xojimirzaev , Ilhom Vahobov kabi futbolchilarni qaydnomaga kirita olmadik. Murabbiy sifatida bu futbolchilarni oldida biroz noqulay ahvolga tushdim. Mayli nima qilamiz , endi shu qoidaga amal qilishga majburmiz. O'ylaymanki Xojimirzaev hamda Vahobovlar oldinda turgan mavsumda o'z o'yinlari bilan jamoamizga foyda keltirishadi.

So'zimni yakunida barcha muxlislarimizni o'z maydonimizda bo'lib o'tadigan “Qizilqum” jamoasiga qarshi uchrashuvga taklif qilaman. Stadionga kelib futbolchilarimizni qo'llab turishsa, biz ham ularni xursand qilish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика