So’nggi yangiliklar

08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  1 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3

Baxtiyor Ashurmatov "Bunyodkor"ga qaytdi Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov "Bunyodkor"ga qaytdi

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi murabbiylar shtabiga yosh va istedodli mutaxassis kelib qo'shildi.
Futbolchilik davrini bir necha etakchi jamoalarda o'tkazib, yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Baxtiyor Ashurmatov 2012 yilgi mavsumdan boshlab o'zini murabbiylikda sinab ko'rayotgan edi. Yosh mutaxassis "Guliston" jamoasini oliy ligaga olib chiqib, elitaning dastlabki turlarida ham ijobiy natijalar qayd etdi. Mavsum-2013 yakuniga ko'ra sirdaryoliklar oliy ligani tark etishgan bo'lsa-da, yosh iqtidorlar bilan ishlash borasida Baxtiyor Ashurmatov murabbiylik sohasida juda yaxshi taassurot qoldirdi.

Ayni paytda PRO licenziyasi uchun tahsil olyotgan Baxtiyor Ashurmatov murabbiylikdagi keyingi faoliyatini Toshkentning Bunyodkor jamoasi bilan bog'ladi. Yosh mutaxassis jamoamizning murabbiylar shtabida Mirjalol Qosimovga ko'maklashadi.

Aytish joizki, "Bunyodkor" jamoasi Baxtiyor Ashurmatov uchun begona klub emas. U 2007-2009 yillar mobaynida qaldirg'ochlar safida jami 62ta uchrashuvda maydonga tushgan va O'zbekiston chempioni, kubogi sohibi, shuningdek Osiyo CHempionlar ligasi yarim finalchisi degan sharafli nomlarga sazovor bo'lgan.

Baxtiyor Ashurmatovning "Bunyodkor"da murabbiy sifatidagi faoliyati ham muvaffaqiyatlarga boy bo'lishini tilab qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика