So’nggi yangiliklar

20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  0 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   0 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  9 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  2 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  3 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4 15:14Саудия Арабистони клублари Левандовскини сотиб олмоқчи  3 14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  7 14:42Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  2

Baxtiyor Ashurmatov: “Bugungi uchrashuv biz uchun foydali bo'ldi” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Bugungi uchrashuv biz uchun foydali bo'ldi”

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin qo'qonliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Uch oyning ichida birinchi marta jiddiy raqib bilan uchrashdik. SHu bois bahs juda qiziqarli bo'ldi. Birinchi bo'limda "Navbahor" qarshi hujumlarda  bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Murabbiy sifatida aytishim mumkinki, birinchi bo'limda biz o'zimiz xohlagan narsani ololmadik. “Navbahor” ham “Nasaf” bilan bo'ladigan safardagi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotgani uchun asosan qarshi hujumlarga tayanib to'p surdi. Biz ham birinchi taymda qarshi hujum taktikasini tanlagandik va o'z darvozamizga yaqinroq o'ynashni maqsad qilgandik. Lekin raqibimiz ham mehmondagi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotgani uchun orqaroqqa o'ynashdi natijada o'ylagan maqsadimizga erisha olmadik. 

Ikkinchi bo'limda nisbatan yaxshiroq o'ynadik va g'alaba qozondik. Bu o'rtoqlik uchrashuvdagi g'alaba hech narsani anglatmasligi mumkin. Lekin biz murabbiylar kamchiliklarga umuman olganda, ko'p narsalarga oydinlik kiritishga muvaffaq bo'ldik. Kimning necha daqiqa o'ynay olishi mumkinligini borasida savollarga ham javob topdik. Bugungi uchrashuv biz uchun foydali bo'ldi.

Uchta o'yindan beri ikki nafar hujumchi bilan o'ynayotgandik. Rayevac oxirgi mashg'ulotda biroz jarohat olgandi. SHuning uchun Bamba ikkinchi hujumchi vazifasini bajardi.  Biz unga birinchi bo'limda  yuqoriroq o'ynash lozimligini takidlagandik. Ikkinchi bo'limda esa legionerimizga ko'proq Azim Ahmedovga qarshi o'ynashga va imkoniyat bo'lishi bilan hujumchilarga yordam berishga ko'rsatma bergandik. Bu erda u tezkor hujumchimiz SHohnazar Norbekovni to'p bilan taminlashi lozim edi.  Bamba ikkinchi bo'limda qarshi hujumlarda yaxshiroq o'ynadi”.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика