So’nggi yangiliklar

22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  13 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  49 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  1 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  15 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun tarkib tanlashda xato qildim deb hisoblayman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun tarkib tanlashda xato qildim deb hisoblayman"

Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.




"Afsuski oxirgi o'yinlarda vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz, ko'p imkoniyatlar bo'lmoqda, ammo gol ura olmayapmiz. Gol urmasangiz g'alaba qozona olmaysiz. Birinchi bo'limda himoyada va maydon markaziga ko'p xatoga yo'l qo'ydik, markazni raqibga berib qo'ydik. Bugun tarkib tanlashda xato qildim deb hisoblayman. Buning natijasida "Lokomotiv" ustunlikka ega bo'ldi. Gol o'tkazgach, yigitlar hisobni tenglashtirishga harakat qilishdi. Yigitlarga vijdonan o'ynashgani uchun rahmat aytaman. Bu yilgi mavsumda futbolchilarim barcha o'yinlarda oxirigacha kurashishmoqda. To'g'ri muxlislar doim g'alaba qozonishimizni kutishadi. Ammo har doim ham o'ylagan ishlarimiz amalga oshavermaydi.

Oldinda ikkita tur bor va chempionatni munosib tugatishga harakat qilamiz. Undan keyin kubokda ham ishtirok etamiz.

"Lokomotiv" Timur Kapadze murabbiy bo'lganidan keyin ijobiy tomonga o'zgarganini barcha ko'rib turibdi. Raqibni yaxshi o'rgangandik. "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman.

“Paxtakor” bilan o'yinda afsuski, Avaz Mamatxo'jaevni to'rtta sariq kartochka tufayli maydonga tushira olmagan edik. Murod Xolmuhammedov qanotda yaxshi harakat qilgandi. Bugun Muzaffarovni markazga qo'ydik va qanotga Xolmuhammedovni qo'ydik. Bugun ham Xolmuhammedov maydonda katta hajmdagi ishni bajarib berdi. O'z maydonimizda to'p tepganimiz sababli bugun hujumkor bo'lgan yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarovni maydonga tushirgandim", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика