So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun g'alabaga osonlikcha erishganimiz yo'q" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun g'alabaga osonlikcha erishganimiz yo'q"

Coca-Cola Superligasining 16-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





- Avvalambor, O'zbekiston xalqini Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch va farovon bo'lsin. "Surxon" so'ngi uchrashuvlarda yaxshi o'yin namoyish etayotgan edi. Bahrom Haydarov jamoani o'yinlarga yaxshi tayyorlab kelayotgandi. Ular oxirgi uchta o'yinda g'alaba qozonishdi. Bu bizni bir oz xavotirda ushlab turgandi. Yana bir tomoni, bizda bosim bor, yani uydagi o'yinlarda g'alaba qozona olmayotgan edik. 

"Qo'qon-1912" avvaldan o'z maydonida kurashuvchan o'yin namoyish etib kelgan. Afsuski, biz joriy mavsumda o'z uyimizda qimmatli ochkolarni boy berdik. SHu sababli bugungi o'yinda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q edi. Yigitlar buni tushungan holda bugun maydonga tushdi. Murod Xolmuhammedov haqiqiy etakchi. Uning maydonda va maydondan tashqarida jamoamizdagi o'rni juda muhim. Bugun g'alabaga osonlikcha erishmadik. Muxlislarimizni, jamoamiz rahbariyatini va barcha jamoamiz azolarini uydagi birinchi g'alabamiz bilan tabriklayman. 

- Bugun jamoangiz ikki nafar hujumchi bilan harakat qilgan bo'lsa ham vaziyatlardan foydalanish samadorligi yuqori bo'lmadi. Buni qanday izohlaysiz?

- Biz bugun ko'plab vaziyatlar yaratdik. Masalan 2:0 dan keyin ham Suhrob Berdiev va Asadbek Sobirjonovlarda gol kiritish vaziyatlar bo'ldi. Biz uchinchi va to'rtinchi gollarni kiritganimizda xotirjamroq bo'lardik. Lekin ikkita gol va darvozamiz daxlsizligini saqlab qola olganimiz yomon natija emas deb o'ylayman. Eng asosiysi, vaziyatlarni borligi deb hisoblayman.

- Keyingi o'yinga qadar 15 kun vaqt bor ekan. Bu jamoaning jismoniy imkoniyatlariga tasir qilmaydimi? 

- 15 kunlik tanaffus barcha jamoalarga birdek tasir qiladi. Oldinda FIFA kunlari bor. Bu oldindan ko'rib chiqilgan vaziyat. Bu navbatdagi turda "Bunyodkor" bilan kechadigan o'yinga tasir qilmaydi. Biz futbolchilarga bayramoldi to'rt kunlik tanaffus beramiz. SHundan so'ng Toshkent shahrida yig'ilib tayyorgarligimizni davom ettiramiz. "Bunyodkor" bilan o'yinga qadar rejamizda bitta o'rtoqlik uchrashuvi bor.

Oxirgi o'yinlarda bizda jarohatlar ko'payib ketgandi. Murod Xolmuhammedov, Ivan Yosovich, Hamidullo Abduhamidovlar jarohat olishgandi. Ularda jarohat tufayli o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish uchun kam fursat bo'layapti. SHuningdek, darvozabonimiz Muzaffar Abdullaev ham jarohat oldi. 

 - O'yinning 17:00 da boshlanishi qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Ochig'i, o'yinning 17:00 da boshlanganidan ko'ra muxlislarimiz stadionda bo'lmagani meni tashvishga soldi. O'ylaymanki, tez kunlarda muxlislar stadionga qaytariladi, bunga umid qilamiz. Hozir ob-havo salqinlab qoldi, keyingi tur sentyabrda o'tadi. O'yinlarning vaqtliroq boshlangani muxlislar uchun ham qulay. CHunki sentyabr oyida 20:00 dagi vaqt ancha sovuq bo'ladi. Har ikki jamoa bir xil sharoitda o'ynadi. O'yinimiz chiqmasa yoki yutqazsak issiq sabab yoki o'yin vaqtini noto'g'ri ekani tufayli yutqazdik deb bahona qilmasligimiz kerak. Har qanday xolatda ham jamoani o'yinlarga munosib tayyorlashga harakat qilishimiz kerak.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика