So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Metallurg"ga omad kulib boqdi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Metallurg"ga omad kulib boqdi"

"Metallurg" jamoasidan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun maydonda ikkita teng kuchga ega bo'lgan jamoalar o'ynadi. SHu sababli o'yin ham teng kurashlar ostida kechdi. "Metallurg"ga omad kulib boqdi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz.

Garchi safarda o'ynagan bo'lsak-da, muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. O'zimizning maydonda o'ynayotgandek bo'ldik. Faqatgina yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda "Metallurg" ustunlik qildi.

- O'yin teng kurashlar ostida o'tganini barcha ko'rdi. Omaddan tashqari yana qanday jihatlar jamoaning mag'lubiyatiga sababchi bo'ldi?
- "Metallurg" o'z maydonida o'ynashiga qaramasdan himoyaviy o'yinni tanlashini taxmin qilgandik. SHuni etiborga olib, o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. O'yin davomida bizda himoyadan hujumga o'tishda katta muammolar bo'ldi. SHuningdek, "Metallurg"ning bir nechta qarshi hujumlarini o'tkazib yubordik. Aynan shu jihatlar bizning mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi. "Metallurg" tarkibida tezkor qarshi hujumga o'tib keta oladigan futbolchilar ko'pchilikni tashkil qildi. Doniyor Narzullaev va SHaxzod Ubaydullaev ancha chiroyli o'yin ko'rsatishdi. O'tgan o'yinda Abror Toshqo'ziev gol urganiga qaramasdan, asosiy tarkibda Ubaydullaev tushishini kutmagandim. "Metallurg"ning bu o'zgarishi o'zini oqladi. Narzullaevning tezkorligi esa o'yin taqdirini hal qildi.

- Standartlar jamoaning asosiy quroli ekanligini bilamiz. Faqatgina shu jihatga tayanib qolish ham noto'g'ri emasmikin?
- Yo'q. Biz raqibning o'yiniga qarab, qay tariqa hujumlarga o'tish, qay tariqa himoyalanish borasida ham ishlayapmiz. Lekin tarkibda standartlardan ajoyib tarzda foydalanadigan shunday futbolchi bor bo'la turib, bunga etibor bermaslik ham noto'g'ri deb o'ylayman. Ikkinchi bo'limda "Metallurg" ko'p sonli futbolchilari bilan himoyalandi va o'yin tashkil qilishda muammolarga duch keldik. Standartlardan foydalanish asosiy faktorlarimizdan biri edi. Bugun esa bundan to'g'ri foydalanish nasib qilmadi. Navbatdagi turlarda o'z maydonimizda o'tadigan o'yinlarda ham shunday muammolarga duch kelishimiz mumkin. Yani, raqiblar himoyaviy o'yin ko'rsatadigan bo'lsa, istalgan jamoa o'z o'yinini tashkil qila olishi qiyin bo'ladi. SHu boisdan bu borada qattiq ishlaymiz.

- Filip Rayevac nega maydonga tushmadi? Unda jarohat bormidi yoki boshqa muammo bormidi?
- Yo'q, unda hammasi joyida. U kecha Serbiyadan uchib keldi, testlarni topshirdi va tibbiy ko'rikdan o'tdi. O'ylaymanki keyingi o'yinlarda Filip maydonga tushadi.


Furqat Po'latov Bekobod shahridan maxsus

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика