So’nggi yangiliklar

22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи экрин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  0 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  4 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  17 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  18 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  7 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  3 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  8 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  13

Baxtiyor Ashurmatov: "Bu sensacion natija emas" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bu sensacion natija emas"

"Turon" - "Lokomotiv" (2:1) Superligaga o'tish o'yinidan mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Avvalambor bizga ishonch bildirganliklari uchun "Turon" rahbariyatiga minnatdorchilik bildioraman. SHuningdek, butun mavsum davomida jamoamizni qo'llab-quvvatlagan, oxirigacha ishonch bildirgan jonkuyar muxlislarimizga ham rahmat aytaman.

O'yin haqida aytadigan bo'lsam, natijani sensaciya deb aytmagan bo'lardim. To'g'ri, "Lokomotiv" Superligada o'ynagani sabab tarkibida mahoratli futbolchilar ko'proq bo'lishi mumkin. Ammo bizning jamoada ham Superliga havosini ko'rgan bir qator futbolchilar bor edi. 

Bugun yigitlarga raqibga ko'proq bosim yuzaga keltirishlarini so'ragandim. "Lokomotiv" safida Abdumavlon Abdujalilovni o'ynamagani bizga qaysidir manoda qo'l keldi. Nortojiev yaxshi darajadagi posbon bo'lishiga qaramasdan unda o'yin amaliyoti kamroq edi.

So'nggi o'yinlarda mardonavor o'yin namoyish etgan jamoamiz yigitlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Pro-ligada 2-o'rin boy berilgan qiyin vaziyatdan barchamiz birgalikda harakat qilgan xolda chiqib keta oldik. "Lokomotiv" jamoasiga ham kelgusida omad tilab qolaman. Korostichenko yaxshi mutaxassis, o'ylayman-ki u jamoani yanada kuchaytira oladi.

- Superligada shu tarkib saqlab qolinadimi yoki o'zgarishlarni amalga oshirasizmi?

- Selekciya ishlari har bir klubda davom etadi. Men hozir vada berishim mumkin, yangi mavsumda bundan-da jangovar jamoa tuzamiz. Tarkibni saqlab qolish haqida aytadigan bo'lsam, mana shu yigitlar sog'ligini xavfga qo'yib bo'lsa ham oxirigacha kurashishdimi, ularga albatta imkon beriladi. Biz tarkibni yanada kuchaytirish uchun bir qator mahoratli futbolchilarni jalb etishimiz mumkin. SHu o'rinda, tarkibga mahoratli futbolchilarni jalb etgan xolda ajoyib jamoa shakllantirgan Anvar Berdievning xizmatlarini ham alohida etirof etib o'tish joiz.

- Ikkinchi bo'limda ayrim  asosiy tarkib futbolchilarni zaxiraga oldingiz? O'yin avvalida qo'shimcha bo'limlar va penaltilar seriyasiga ham jamoani tayyorlagan edingizmi?

- Gapning ochig'i, biz o'yindan oldin penaltilar seriyasiga alohida tayyorgarlik ko'rmagandik. So'ngi o'yinlarda kuzatib jamoa safida penaltilarni xotirjam tepa oladigan futbolchilarni ko'z ostimga olib qo'ygandim! Zaxiralarga kelsak, ikkinchi bo'limda "Lokomotiv" hujumlari yanada kuchaydi. SHu sababdan hujumchining o'rniga Jasur O'rinovni tushirib markazni mustahkamlashga va natijani ushlab qolishga urindik. Bu qaror o'zini oqladi.

- "Qo'qon-1912"dan istefoga chiqarilganiz sabab "Turon"ni Superligaga olib chiqib nimanidir isbotlashga harakat qildingizmi?

- Kimgadir nimanidir isbotlashdan ko'ra, hozir bizga ishonch bildirgan "Turon" rahbariyatiga va ajoyib muxlislariga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Biz yo'l qo'yilgan qoniqarsiz natijalardan to'g'ri xulosa chiqargan xolda oxirigacha kurashib Superliga yo'llanmasini hal qila oldik. 

- Raqib safida asosiy darvozabon o'ynmasligini avvaldan bilganmidingiz? O'yinga siz tanlagan taktika shundan dalolat berayotgandi...

- "Lokomotiv" kuchli jamoa bo'lsa, bu bizning himoyaviy o'yin ko'rsatishimiz kerakligini anglatmaydi. Biz o'yinga hujumkor uslubni tanladik, kerak paytda himoyalana oldik. G'alaba butun jamoaniki.

- Sobiq jamoangiz "Qo'qon-1912"dan ham futbolchilar jalb etish rejada bormi?

- “Qo'qon-1912"da ajoyib tarkib bor edi. Afsus, jamoa Pro-ligaga tushib ketdi. Javohir Sidiqov, Oybek Rustamov, Quvondiq Ro'ziev kabi futbolchilarni markazda har bir jamoa ko'rishni istaydi. Biz "Qo'qon-1912" rahbariyatiga chiqamiz, agar futbolchilarni shartnomasi tugagan bo'lsa tarkibga jalb etamiz. Agar futbolchilarning o'zi ham buni istasa, albatta tarkibimizda ular uchun joy bor.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика