Baxtiyor Ashurmatov: "Bahsli gol yigitlarni ruhan sindirib qo'ydi"
03 avg 2015 23:54
Yangiliklar


Baxtiyor Ashurmatov: "Bahsli gol yigitlarni ruhan sindirib qo'ydi"
"O'yin
juda asabiy kechdi. Bugungi o'yinni boshlanishini yaxshi o'tkazdik. Bahsli
vaziyatda kiritilgan gol yigitlarni ruhan sindirib qo'ydi. Bundan keyin
futbolchilar asabiy o'yin ko'rsatishdi. Ularga minnatdorchilik bildiraman.
Qiyin bo'lishiga qaramay oxirigacha kurashdi. Afsuski so'nggi daqiqada
g'alabani qo'ldan boy berdik. O'ylaymanki bugun uch ochkoni qo'lga
kiritishimiz kerak edi lekin oxirgi daqiqadagi qizil kartochka jamoamizga
pand berdi.
Bahsli vaziyatni hali ko'rib chiqqanim yo'q.
Ko'rganimdan so'ng yakuniy fikrni aytishim mumkin. Nazoratchilar bor va ular
ham vaziyatlarni ko'rib turibdi. Ular xolis baho beradi degan
umiddaman. Negaki men vaziyatdan uzoqroq edim. Ko'rib chiqmasdan turib
baho bersam xato bo'lib qolishi mumkin. Nazoratchilarda disk bor.
Etibor bersak birinchi bo'limda "Mashal"dan ko'ra bizda imkoniyat ko'p bo'ldi
va maydon egalari vaziyat sodir eta olmadi. Bahsli vaziyatdagi gol esa
ularga ruhiy kuch berdi. Qizil olganimizdan so'ng maydon egalari yanadan
bosimni ko'paytirdi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar