So’nggi yangiliklar

19:10Равшан Аҳмедов: "Олимпик"нинг барча жабҳаларда "Локомотив БФК"дан устунлиги кўриниб турди"  0 19:04Сервер Жепаров: "Ўзбекистон кубогида гуруҳдан биринчи ўрин билан чиқиш вазифаси қўйилган"  0 18:55Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Кувайтга қарши таркиби маълум  11 18:52Февзи Давлетов: "Учрашув биз учун осон ўтмади"  0 18:34Ўзбекистон Кубоги. "Олимпик MobiUZ" ва "Локомотив" баҳсида 4 та гол, 2 та қизил карточка кўрсатилди   1 18:30Ўзбекистон кубоги. "Локомотив"да кутилмаган дуранг, "Олимпик"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  3 18:22РПЛ. "Рубин" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлашди, ҳакам Ашурматовга қизил карточка кўрсатди  0 18:07Ўзбекистон Кубоги. "Сурхон" "Чиғатой" билан ўйинда иродали ғалабага эришди  1 18:00Гвардиола "Челси"га қарши ўйиндан аввал Палмерни мақтаб қўйди  0 17:38"Рома"нинг Лукакуни сотиб олишга пули йўқ  3 17:00Ироқ ОТЖ етакчиси: "Ўзбекистон кучли терма жамоа эканлигига шубҳа қилмаймиз, аммо плей-офф ҳақида ўйлашга ҳали эрта"  13 16:36Туркманистон клуби Гиннес рекордини янгилади, бироқ у тан олинмади. Нима учун?  18 16:19"Тоттенхэм" "Арсенал" собиқ ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 15:20"Севинч" ва "Сўғдиёна" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:00РПЛ. "Рубин" - "Локомотив": Ашурматов ўйинни асосий таркибда бошлайди  2

Baxtiyor Ashurmatov - AGMK, Mirjalol Qosimov va SHahboz Beg'amov haqida Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov - AGMK, Mirjalol Qosimov va SHahboz Beg'amov haqida

"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov SHahboz Beg'amovning maqolasiga o'z munosabatini bildirdi. Murabbiyning fikrlarini faqat imlo jihatdan tahrirlab saytga joylashga qaror qildik.

"Kecha saytda yozilgan AGMK matbuot kotibi SHahboz Beg'amovning tahliliy maqolasini o'qib shunga amin bo'ldimki, sayt o'quvchilari, muxlislar futboldagi vaziyatlarga holisona yondashishi, qiziqarli mulohazalarini bildiradigan SHahboz Beg'amovnini yo'qotishibdi. Afsuski, tanqidiy maqolalari bilan chiqish qiladigan, vaziyatlarga holisona yondashadigan jurnalistlarimiz bittaga kamayibdi. Kechagi maqolada AGMKning 2018 yil O'zbekiston kubogidagi g'olibligini faqat omad va tasodif tufayli degan joylarini o'qib o'z fikrimni bildirishga qaror qildim.

CHunki, AGMKning kubokni qo'lga kiritishida futbolchilarning mehnati,jasorati va matonati turibdi.O'sha payt klubda ishlagan xar bir xodimning bu g'alabada hissasi bor,mehnati bor.Omad va tasodif tufayli bitta o'yinda g'alaba qozonish mumkin. 2018 yilgi final yo'lida "Nasaf", "Mashal", yarim finalda Mirjalol aka Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" mag'lubiyatga uchratildi.Finalda esa o'sha paytda AGMKdan ikki barobar kuchga ega bo'lgan "Paxtakor" mag'lub etildi. G'olib chiqib ham bitta tasodifiy gol urib, vaqtni cho'zib,qo'pol o'ynab emas, ikkita bir-biriga munosib bo'lgan jamoalar o'rtasidagi jangovar o'yinda 3-1 xisobida ishonchli g'alabaga erishdik.Finalda o'sha kuni futbolchilar g'alaba uchun, o'z shani uchun mardonovor kurashishdi. Futbolchilik faoliyatlaridagi eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazishdi.SHu sababli bu g'alabani faqat omad va tasodifga yo'yish noto'g'ri deb o'ylayman.



AGMKning 2019 yilgi mavsumda finalga chiqqanini balkim omad va tasodifg qiyoslash mumkindir.CHunki, 2018 yili AGMK kubokni qo'lga kiritgani xisobiga 2019 yil kubok o'yinlarini jamoa 1/4 final bosqichidan boshladi.Unda xam Pro liga vakili "Oq-tepa" jamoasi bilan. Yarim finalda esa 8ta o'yinchisi AGMKga o'tib ketib tarkibi nisbatan kuchsizlangan "Bunyodkor"ni yutdi.Finalda esa xech qanday imkoniyatsiz "Paxtakor"ga 0:3 xisobidagi mag'lubiyat. Man murabbiy sifatida bir narsani aytishim mumkin. AGMK 2018 yilda kubokni qo'lga kiritib jamoaning tarixini yaratdi. Bu g'alabani qaytarish yaqin yillar ichida amalga oshishi qiyin bo'lgan ish. Mani fikrimcha finalda AGMK "Paxtakor"ga qarshi 5 marta o'ynasa 5 marta yutqazadi.CHunki, xozirgi paytda tan olish kerak Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor"ga teng keladigan jamoa yo'q. Omad,tasodif va sensaciya har yili ham bo'lavermaydi.

"Al Nassr" bilan bo'lgan o'yindagi yirik mag'lubiyat fojea emas deyilibdi. Vaholanki, OCHLda guruh bosqichiga chiqish uchun murabbiy o'zgartirilgandi. Xalqaro musobaqalardagi har bir yirik hisobdagi mag'lubiyatni jamoa uchun, murabbiy uchun fojea deb hisoblayman.CHunki, xalqaro o'yinlarda qatnashadigan jamoalar O'zbekiston shanini ximoya qilishadi. Vaqt to'g'risida ham fikrlar bildirilibdi. O'sha aytilgan vaqt bizning murabbiylar shtabimizga etishmadi deb o'ylayman. Boisi, ahil jamoa tuzilgandi. Selekciya ishlarini yaxshi olib borganimizda o'sha yili OCHLda qatnashishga jamoamiz tayyor edi.O'sha yili ishdan ketishimga nima sabab bo'lgani, kimlar sabab bo'lgani xaqida chuqur to'xtalib o'tmoqchi emasman. Ishdan ketishimga yana bir sabablardan biri jamoamizni munosib taqdirlashgan kunida, AGMK jamoasining eng esda qolarli kunida, muxlislarimiz, raxbarlarimiz ko'z o'ngida Olmaliqda asosiy o'yinlardan birini yutqazib qo'yganimiz deb o'ylayman.

Har bir klubning rivojlanishida jamoaning moliyaviy holati katta ahamiyatga ega. AGMK O'zbekistonda hozirgi paytda moliyaviy tomondan eng barqaror klublardan biri hisoblanadi. Misol uchun Qo'qonda o'ynaydigan uchta legionerlarimiz Yosovich, Rayevac, Bamba oladigan bir yillik mablag' AGMKning ning bitta legioneri oladigan mablag'ga to'g'ri keladi. Vaholanki, AGMKda 5 nafar legioner to'p suradi. To'g'ri, AGMK bu yil chempionatda yaxshi qatnashyapti. Bu yil omad ham AGMKga qimmatli ochkolarni keltiryapti. "Surxon" bilan 93-daqiqadagi gol, "Mashal" futbolchisining 90-daqiqada AGMK darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib gol urolmagani yoki biz o'yin oxirida hisobni tenglashtira olmaganimiz bunga misol. To'g'ri, AGMK klubida hamma mehnat qilyapti, hammalarini omadlarini bersin. Ayniqsa, Aleksandr Volkovning AGMKda ishlashi jamoaning katta yutug'i deb hisoblayman. Mablag'ga ko'p narsa bog'liq emas deyilgani uchun misol keltirib o'tdim, xolos.



Muvaffaqiyat siri faqat moliyada emas deb Angliya klublari misol keltirilibdi. Lekin, "Manchester Siti"ga tarkib va moliya tomondan raqobat qiladigan bir nechta klublar bor. Abramovich rahbarligidagi "CHelsi", o'z tarixiga ega bo'lgan "MYU", ajoyib tarkibga ega bo'lgan "Liverpul". SHu sababli Angliyada gegemonlikni saqlab qolish oson emas. Misol uchun ajoyib murabbiyga ega bo'lgan "Liverpul"ni olaylik.Tarkibida dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biri bo'lgan Van Deyk, dunyoning istalgan klubi o'z tarkibida ko'rishni xohlagan hujumchilar Salax va Manelar. SHu sababli O'zbekiston va Angliya chempionatlarini tenglashtirish biroz noto'g'ri manimcha.

O'zbekiston misolida aytadigan bo'lsak "Nasaf" baribir ko'proq o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilariga suyanadi. "Navbahor"da esa AGMKni byudjeti bo'lganida, shunday ajoyib ko'p sonli muxlislari bilan, stadiondagi ajoyib muhit bilan, Namangan futboli rivojlanishida katta hissa qo'shaetgan viloyat raxbari Hayrullo Hayitboevich bilan allaqachon chempionlikni nishonlagan bo'lardi.

SHahbozni ajoyib yigit sifatida, yaxshi jurnalist sifatida juda ham hurmat qilaman. O'z tanlagan yo'lidan adashmasligiga tilakdoshman. Unga juda murakkab ishida omad tilayman. Lekin, oxirgi paytlarda bir tomonlama maqolalar chiqarib turgani uchun o'z fikrlarimni bildirdim. Mirjalol aka Qosimov afsonaviy futbolchi bo'lgan, yaxshi saviyada murabbiylik qilyapti. Biroq, uni obro'yini ko'tarish uchun qaysidir mutaxassis bilan Qosimovni tenglashtirib pasga urish, yoki boshqalarni mehnatiga ko'z yumish kerak emas deb hisoblayman. Hammani o'zini fikri bor. Men misol uchun O'zbekistonda eng kuchli murabbiy deb Ro'ziqul aka Berdievni xisoblayman. Aytmoqchi bo'lganim Qosimovga ortiqcha reklama kerak emas. SHundoq ham Qosimovni o'ziga yarasha muxlislari, obro'si bor. Hammamizi o'zimizga yarasha kamchiligimiz bor. Xudo hammamizga insof bersin.To'g'ri yo'ldan adashtirmasin. Xudo xohlasa xalqimizga koronavirus ofatini yorug' yuz bilan, bardosh va matonat bilan engib o'tish nasib qilsin. Muxlislarimiz doimo sog' va salomat bo'lishsin. O'zlaringni va yaqinlaringni ehtiyot qilinglar".

Baxtiyor Ashurmatov

"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика