So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski, muxlislarimiz kutgan natijani qo'lga kirita olmadik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski, muxlislarimiz kutgan natijani qo'lga kirita olmadik"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.





- O'yin haqida
- Biz murabbiylar o'yindan oldin aytib o'tgan fikrlarimiz o'z tasdig'ini topdi. "Surxon" ishtiyoqi kuchli, oxirigacha kurashuvchan va yakkakurashlarga chanqoq jamoa. Afsuski, biz goldan keyin butunlay to'p nazoratini va o'yin tizginini raqibga topshirib qo'ydik. Biz uchun alamli durang bo'ldi, g'alabani ushlab qololmadik. Har ikki jamoaga oxirigacha kurash olib borganliklari uchun rahmat aytaman.

- Jamoa o'tgan o'yindan farqli ravishda bitta hujumchi bilan o'ynadi. Bambaning o'yinidan qoniqish hosil qildingizmi?
- Biz mehmonda o'ynab turganimizni, Bambaning to'p bilan yaxshi muomala qilishini va uning chiroyli paslari borligini inobatga olib, o'yinni 3 ta yarim himoyachi bilan boshladik. Etibor bergan bo'lsangiz, o'tgan o'yinlarda Bamba xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgandi, biroq bu gal o'ylagan rejalarimiz ish bermadi. SHunga qaramasdan, golgacha to'liq ustunlik jamoamizda bo'ldi. Goldan keyin "Surxon" bir nechta vaziyatlarni yaratdi va g'alabani ilib ketishi ham mumkin edi.

- "Surxon" jamoasi tarkibida "Qo'qon-1912" azosi Jasur Yoqubov ijara asosida to'p tepmoqda. Uning bugungi o'yini haqida qanday fikr bildira olasiz?
- SHogirdimizni nafaqat bugungi, balki boshqa o'yinlarini ham kuzatib boryapmiz. Masalan, "Metallurg" bilan o'yinda g'alaba to'pini kiritgandi. O'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun uni "Surxon"ga ijaraga bergandik. Omadini bersin, u o'zidan yomon taassurot qoldirmayapti.

- "Qo'qon-1912" muxlislari haqida
- Afsuski, muxlislarimiz kutgan natijani qo'lga kirita olmadik. Ularga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz va uyga eson-omon etib olishlarini tilaymiz.

- "Surxon" o'yinchilaridan kimlarni jamoangizga taklif etgan bo'lardingiz?
- "Surxon" jamoasida yaxshi futbolchilar bor, ammo amaldagi tarkibimiz murabbiylar shtabini qoniqtiradi. Men o'z futbolchilarimga ishonaman va o'ylaymanki, ular bu mavsuda muxlislar kutgan o'yinni namoyish qila olishadi.

- Siz boshqargan va hozirgi "Surxon"ning farqi nimada deb o'ylaysiz?
- Men boshqargan "Surxon" borasida aniq fikr bildirish qiyin, chunki bir oy boshqardim, xolos. Murabbiy sifatida o'zimni ko'rsatish imkoni bo'lmagandi. U paytda mahoratli futbolchilar ko'proq edi, hozir esa tarkib ko'proq yoshlardan iborat.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика