So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski bugun VAR ishlatilmadi..." Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski bugun VAR ishlatilmadi..."

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.





"Bugungi g'alabada muxlislarning ham hissasi bor. Aytaylik hisobda ortda borsak muxlislarimiz hujumga o'tishimizni talab qilishadi, bu esa yigitlarga qo'shimcha kuch beradi. "Lokomotiv" biz uchun murakkab raqib ekanligini bilardik, ular mavsum boshida medallar uchun kurashishni maqsad qilgandi, lekin xorijlik murabbiy o'z uslubini yo'lga qo'yib olishda qiynaldi. So'nggi paytlarda esa "Lokomotiv" yaxshi o'yin namoyish etayotgandi.

Bugun to'p nazorati va pozicion hujum qilishda raqib ustunlik qildi, ammo oxirigacha kurashish va ishtiyoq borasida biz g'alaba qozondik. Bundan juda xursandman. Gapni ochig'i biz hozirgi o'rnimizga munosib emasmiz. Zaxiradan tushganlar o'yinimizni kuchaytira olishdi va muhim g'alabani qo'lga kiritdik", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

- Raqib ustozi mag'lubiyatni hakamlar tufayli bo'ldi deb aytdi...

- Hakamlar ikkala tomonga ham xato qilishdi, qaysidir jamoaga yon bosdi deb ayta olmayman. Afsuski bugun VAR ishlatilmadi. G'alabadan keyin hakamlik haqida gapirishim noto'g'ri bo'lsa kerak. Yakuba Bambadan gol urilgan vaqtda to'p qo'linga tegdimi deb so'radim, u to'p yuziga tegib darvozaga kirdi dedi.

- Jamoa harakat qilsa mavsumni 8-o'rinni saqlab qolishi mumkin...

- Yo'q, maqsadimiz 8-o'rinni saqlab qolish emas, oldinda yana o'yinlar bor va imkon qadar ko'proq ochko olish va yuqoriroq o'rinni olishga harakat qilamiz. To'g'ri birinchi davrada o'z maydonimizdagi o'yinlarda ko'p ochko yo'qotdik. Ularning o'rnini to'ldirishimiz kerak. Buni niyat qilib qolaman.

- Murod Xolmuhammedovning jarohati jiddiy emasmi?

- Bu yil ko'plab jarohatlar kuzatildi. Xolmuhammedov, Akbarovda jarohat bor edi. Bugun Oybek Rustamov kichik jarohat bilan o'ynadi. Afsuski Murodning jarohati jiddiyroq edi, shu bois uni almashtirdim. Oldimizda kichik tanaffus bor, shu vaqtda ular tezroq safga qaytishlarini so'rab qolamiz.



Video. Mikael Sekeyradan achchiq gaplar: "SHu tizim bo'lsa, O'zbekiston hech qachon Jahon chempionatiga chiqa olmaydi"        

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика