Baxrom Xolmirzaev: "Yangi stadionga yangi jamoa bilan"
07 jan 2014 09:31
Yangiliklar
Baxrom Xolmirzaev: "Yangi stadionga yangi jamoa bilan"
Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari samarasida bir-biridan ko'rkam inshootlar qad rostlamoqda.
Jahon andozalariga to'liq javob beradigan, 22 ming o'rinli Navbahor Markaziy stadioni ham shular jumlasidandir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-2013 yillarda O'zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Qaroriga asosan Namangan shahridagi stadionda katta hajmdagi qurilish va rekonstrukciya ishlari boshlangan edi. Rejaga ko'ra, Navbahor jamoasi yangi mavsumni muhtasham stadionda o'tkazishi kerak. Bu haqda Namangan viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaev bizga bergan interyusida malum qildi.
- Stadionda qurilish va tamirlash ishlari deyarli yakunlanib qoldi. SHu paytgacha katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Stadion hududi umumiy 2,5 gektar erni o'z ichiga oladi. Stadionning avvalgi holati bo'yicha sig'imi 29 ming 700 muxlisga mo'ljallangan edi. Yangi ko'rinishdagi stadion esa o'z bag'riga 22 ming ishqibozni sig'dira oladi. Ko'k va oq rangdagi plastmassa o'rindiklar Qarshi shahridan keltirib o'rnatildi.
- Demak, "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuv yangi stadionda bo'lib o'tadi. SHundaymi?
- SHunga harakat qilyapmiz. Lekin bir narsani etiborga olish kerak, bu yil Namangan viloyatida "Barkamol avlod" o'yinlarining Respublika bosqich musobaqalari bo'lib o'tadi. Balki, stadionning holatini yaxshi saqlash uchun vaqtincha Navbahor jamoasining uy o'yinlarini o'tgan ikki yilda bo'lgani kabi Kosonsoydagi stadionda o'tkazib turarmiz. Ammo bu reja hali yuz foiz o'z tasdig'ini topgani yo'q. Iloji boricha, Lokomotivga qarshi mavsumning ochilish o'yinini yangi stadionda o'tkazishga harakat qilamiz.
- Maydonning holati qanday?
- Juda yaxshi. Maydonga uch martadan urug' sepib chiqildi. Maydonning chimi masalasida hech qanday muammo yo'q. Portugaliyadan keltirilgan urug' sepilgan. Xorijlik mutaxassislarning o'zlari bu ishlarni amalga oshirishdi. Maydonga shu kungacha Portugaliyadan keltirilgan tahminan bir tonna urug' sepildi. Maydonni sug'orish uchun maxsus fontanlar qilingan. Hozirda chim parvarishi bilan o'zimizning mahalliy muxatassislar shug'ullanishyapti. Kerakli ko'rsatmalarni xorijlik mutaxassislardan telefon orqali bog'lanib olishyapti. Maydon hajmi 105ga 68 ko'rinishda bo'ladi. Darvoza va uning to'ri esa Toshkentdan olib kelindi. Maydon va tribunadagi oraliq masofa olti metr bo'lib, bu erga rezinali yugurish yo'laklari yotqiziladi.
- Stadionning yoritish tizimi xalqaro talabga javob beradimi?
- Stadionning to'rttala tomonida yoritkichlar o'rnatilgan bo'lib, har biri 2000 lyuks yoritkich kuchiga ega. OFK talabi bo'yicha kamida 1200 lyuks bo'lishi kerak. Stadiondagi yoritish tizimi, elektron tablo, OAV hodimlari uchun sharoitlar, barcha-barchasi FIFA talbalari asosida amalga oshirilyapti. Ayniqsa, matbuot hodimlari uchun alo darajadagi sharoitlar yaratilyapti. SHuningdek, stadionga jami 60ta karnay o'rnatilgan bo'lib, muxlislarga o'yin yuzasidan malumotlar sifatli tarzda etkazib boriladi. Stadion binosi uch qavatdan iborat. Uning birinchi qavatida har bir jamoa uchun ikkitadan kiyinish-echinish xonalari barpo etildi. Hakamlar xonasida ham barcha qulayliklar bor. Bundan tashqari, har bir jamoa uchun alohida trenajyor zali bo'ladi. Binoning ikkinchi qavatida esa uchrashuv rasmiylari va mehmonlari uchun mo'ljallangan ikkita bufet, uchinchi qavatda VIP-loja va OAV hodimlari uchun maxsus joylar ajratilgan. O'yindan so'ng o'tkaziladigan matbuot anjumanidan tortib, WiFi internet tizimigacha etibor qaratganmiz. Keyinchalik viloyat futbol federaciyaning ham stadionga ko'chirilishi rejalashtirilgan.
- SHu paytgacha stadion qurilishiga qancha mablag' sarflandi?
- 40 mlrd. so'mdan oshiq mablag' sarflandi. Qurilish ishlari yakunlanmaganini inobatga olsak, bu summa yana ortishi aniq.
- "Navbahor" jamoasiga yangi mavsumda kim bosh murabbiy bo'ladi, degan savol hamon ochiq qolmoqda. Bu masalaga qachon oydinlik kiritiladi?
- Tez kunda oydinlik kiritiladi.
- O'tgan yilgi natijalar "Navbahor" uchun xos ham, mos ham emas. Jamoaning qoniqarsiz ishtirokidan tegishli xulosalar chiqarib olindimi?
- To'g'ri aytdingiz. "Navbahor" uchun oliy ligada jon saqlab qolish uchun kurashish yarashmaydi. Lekin buning o'ziga yarasha sabablari bor. So'nggi ikki yildan beri uydagi o'yinlarimizni Kosonsoyda o'tkazyapmiz. Stadionga kelayotgan muxlislar soni ham keskin kamayib ketgan. Markazdan uzoq bo'lgani uchun muxlislar bora olishmaydi. Buning oqibatida tomoshabinlarni yo'qotib qo'ydik. Qolaversa, maydonning sifati ham talabga umuman javob bermaydi. Nafaqat mehmon jamoalar, balki o'zimizning futbolchilar ham qiynalishdi. Boz ustiga Kosonsoydagi stadionda yoritish tizimi yaxshi bo'lmaganidan o'yinlarni kunduzgi paytda o'tkazishimizga to'g'ri keldi. O'ylaymanki, yangi stadionda o'yin o'tkaza boshlasak, hammasi joy-joyiga tushib ketadi. Jamoa muxlislari ishdan chiqib, bemalol kechki paytda o'yinni tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. Tomoshabinlar uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.
- O'tgan mavsum uchun futbolchilar va murabbiylardan jamoaning qarzi yo'qmi?
- Deyarli barcha bilan o'tgan mavsum uchun xisob-kitob ishlarini amalga oshirdik.
- Matbuotda Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etilishi mumkin, degan xabar chiqqandi. Bu masala hamon kun tartibida turibdimi?
- Murabbiylar klub rahbariyatiga shunday taklif bilan chiqishgandi. Bu masala ko'rib chiqilyapti. Yangi stadionga yangi jamoa bilan shiori ostida ish olib borilyapti. Agar hammasi joyida bo'lsa, Turkiyada yig'in tashkil etish rejamiz amalga oshishi kerak. Bu bo'yicha ishlayapmiz.
- "Navbahor"ning yangi mavsum uchun byudjeti tasdiqlandimi?
- Hali tasdiqlangani yo'q. Lekin 2014 yilgi mavsumda moliyaviy tomondan muammolar bo'lmasligi kerak. Byudjetimiz PFL talab qilayotgan summadan aslo kam bo'lmaydi. Oliy ligada raqobatdarbosh jamoa tuzishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Murabbiylar shtabi ham shu maqsadda selekciya ishlarini olib borishyapti.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar