“Bavariya”ning yangi futbolchisi klub bazasiga eski avtomobilda kelib, Audi RS6 Avant’da chiqib ketdi
21 iyu 2020 20:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582513_original.jpg)
![](/upload/storage/582513_220.jpg)
“Bavariya”ning yangi futbolchisi klub bazasiga eski avtomobilda kelib, Audi RS6 Avant’da chiqib ketdi
Myunxen klubi azolari tatilga chiqishdan oldin koronavirusga test topshirish uchun Zebener SHtrasseda yig'ilishdi.
“Bavariya”ning ko'plab azolari belgilangan joyga klubning rasmiy homiysi – Audi kompaniyasiga tegishli mashinalarda kelishgan bo'lsa, jamoaning yangi o'yinchisi Aleksandr Nyubel 11 ming evro turuvchi Volkswagen Polo’da kirib keldi.
Keyin esa rahbariyat tomonidan darvozabonga 116 ming evroga baholanuvchi Audi RS6 Avant sovg'a qilindi.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli kiper "SHalke"dan “Bavariya”ga tekinga o'tgan bo'lib, u bilan kelishuv 2025 yilga qadar tuzilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar