“Bavariya”ning asosiy himoyachilaridan biri mashg'ulotlarga qaytdi
15 avg 2020 19:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587073_original.jpg)
![](/upload/storage/587073_220.jpg)
“Bavariya”ning asosiy himoyachilaridan biri mashg'ulotlarga qaytdi
Benjamen Pavar jarohatidan tuzalib, mashg'ulotlarga qaytdi, deya xabar beradi myunxenliklar matbuot xizmati.
Pavar jismoniy mashqlarni bajarayotgan vaqtida jarohatlangandi. 27 iyul kuni futbolchining tiklanishi uchun 6 hafta zarurligi aytilgan edi.
24 yoshli franciyalik Bundesliganing yakunlangan mavsumida 32 o'yinda qatnashib, 4tadan gol va pasni o'z hisobiga yozdirgan.
“Qizillar” ECHL yarim finali doirasidagi bo'lajak bahsini 19 avgust kuni o'tkazadi. Raqib esa bugun tunda bo'lib o'tadigan “Manchester Siti” – “Lion” uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar