“Bavariya”da yangi era boshlanmoqda” Xyoness Sanening transferi haqida gapirdi
31 may 2020 07:30
Yangiliklar


“Bavariya”da yangi era boshlanmoqda” Xyoness Sanening transferi haqida gapirdi
“Bavariya”ning faxriy prezidenti Uli Xyoness “Manchester Siti” hujumchisi Leroy Sanening myunxenliklar safiga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Biz Noyer bilan shartnomani uzaytirdik. Alaba va Alkantara bilan xam kelishuvga erishishimizga umid qilayapman. Bizda Kimmix, Zyule va Levandovski ham bor. Agar jamoaga Sane kelib qo'shilsa, Koman va Gnabrini saqlab qola olsak, bizda yosh va kelajagi porloq jamoa bo'ladi. Agar hammasi kutilganidek kecha, “Bavariya” yangi erani boshlaydi”, deya Xyonessning so'zoaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Eslatib o'tamiz, Sane o'tgan yili yozda “Bavariya”ga o'tishga yaqin turgandi. Ammo Angliya Superkubogi uchun bahsda jiddiy jarohat olib, bir necha oyga safdan chiqishga majbur bo'lgandi. Keyinchalik xabar “Bavariya” manchesterliklar bilan futbolchining transferi borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar