"Bavariya" Zabitcerni "Leypcig"dan 18 mln evro+bonuslar evaziga xarid qilishi mumkin
04 avg 2021 15:14
Yangiliklar
"Bavariya" Zabitcerni "Leypcig"dan 18 mln evro+bonuslar evaziga xarid qilishi mumkin
"RB Leypcig" yarim himoyachisi Marsel Zabitcer klubini o'zgartirishi mumkin.
"Bavariya" 27 yoshli o'yinchini xarid qilish variantini ko'rib chiqmoqda.
Germaniya chempionlari avstriyalik futbolchi uchun 18 million evro+bonuslar taklif qilishi mumkin.
Bunday narxga sabab Zabitcerning shartnomasi bir yildan so'ng tugashi bilan bog'liq. "Leypcig" o'yinchi tekinga ketmasligi uchun taklifni ko'rib chiqishga tayyor.
Futbolchi "Leypcig"da 6 mavsumni o'tkazdi, u dastlab klub bilan ikkinchi Bundesligada harakat qilgan edi.
Fikrlar