So’nggi yangiliklar

12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  0 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  4 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  13 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  8 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  0 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  7 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  20 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  1 02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  28 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  24

Bavariya yozda Zyule va Rudini sotib olmoqchi Yangiliklar

Bavariya yozda Zyule va Rudini sotib olmoqchi

Bavariya keyingi yozda Xoffenxaymning bir yo'la ikki futbolchisini o'z safida ko'rmoqchi.

Myunxen klubi Sebastyan Rudi va Niklas Zyulega etibor qaratdi. 21 yoshli Zyule uchun Bavariya 25 million evro bermoqchi. 26 yoshli Rudining esa yozda Xoffenxaym bilan shartnomasi tugaydi va erkin agent sifatida Myunxenga kelishi mumkin.

Oldinroq bu ikki futbolchiga Milan qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Zyule CHelsi qiziqishi doirasida ham turibdi.

Wikipedia malumoti:

Niklas Zyule - 1995 yil 3 sentyabr kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida tug'ilgan. 195 sm bo'yga ega markaziy himoyachi 2013 yildan buyon "Xoffenxaym" asosiy tarkibida o'ynab kelmoqda. U 2016 yilda Finlyandiyaga qarshi o'yinda Germaniya terma jamoasi safidagi debyutini o'tkazdi. Rio-De-Janeyroda o'tgan Olimpiada o'yinlarida kumush medali sohibiga aylandi.


Wikipedia malumoti: 

Sebastyan Rudi - 1990 yil 28 fevralida Germaniyaning Vilingen SHveynningen shahrida tavallud topgan. 179 bo'yga ega yarim himoyachi "SHtutgart" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008-2010 yillarda "SHtutgart" safida o'ynagan. 2010 yildan buyon "Xoffenxaym" tarkibida 173ta o'yin o'tkazib 9ta gol urgan. 2014 yildan buyon Germaniya terma jamoasi azosi hisoblanadi. Bugunga qadar milliy terma jamoa tarkibida 12ta o'yinda ishtirok etgan.


Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика