“Bavariya” yozda Xolandga 250 million evro sarflashga tayyor edi
12 apr 2023 09:58
Yangiliklar
“Bavariya” yozda Xolandga 250 million evro sarflashga tayyor edi
“Bavariya” 2022 yilning yozida “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland transferi uchun 250 million evro sarflashga tayyor edi.
O'shanda norvegiyalik futbolchi Dortmundning “Borussiya”si tarkibida o'ynardi.
Kicker xabariga ko'ra, “Bavariya” norvegiyalik futbolchiga yiliga 35 million yevro to'lashga tayyor edi. Besh yillik shartnoma va Xolandning “Borussiya D”dagi 75 million evro tovon puli hisobga olinsa, umumiy summa 250 million evro bo'lardi
Myunxen klubi rahbariyati Xolandni Robert Levandovskiga o'rinbosar sifatida ko'rgandi, biroq yakundan norvegiyalik Angliyaga o'tishni afzal ko'rgandi.
Fikrlar