So’nggi yangiliklar

18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  0 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  8 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  32 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6

"Bavariya" yangi rekordlar og'ushida Yangiliklar

"Bavariya" yangi rekordlar og'ushida

Bugun Germaniya bundesligasi 15-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
Turning eng qiziq o'tishi kutilayotgan to'qnashuvlaridan biri Bremen shahrida joylashgan ko'rkam "Vezer-SHatdion"da "Verder" hamda "Bavariya" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv ko'plab futbol ixlosmandlarida katta qiziqish uyg'otmoqda. Boisi "Verder" ustidan qozoniladigan g'alaba tufayli Myunxen super-klubi bir nechta rekordlarni yangilash imkoniga ega bo'ladi.
 
Umuman olganda Germaniya bundesligasida qayd etiladigan rekordlarning har ikkisidan biri, albatta, "Bavariya" bilan bog'liq bo'lishi  hammamizga ayon. O'tgan turda Braunshvaygning "Ayntraxt" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etgan "Gollivud FK" 2013 yilda umumiy to'plangan ochkolari sonini 87 ta! ga etkazib oldi. Bu bilan Myunxenliklar 2005 yilda o'zlari tomonidan o'rnatilgan rekordni yangiladilar. Agar Myunxen super-klubi bugun "Verder"ni mag'lub etishni uddalasa yoki durrang natija qayd eta olsa, bu natijani yanada yaxshilab olish imkoniga ega bo'ladi. Qolaversa, "Bavariya" bundesliga doirasidagi ketma-ket 39 o'yindirki mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. Bugungi o'yinda esa 40 g'alabaning qo'lga kiritilishi, extimol.

Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida ham biroz so'z yurtisak. Pep Myunxenga ko'chib o'tganidan buyon hali biror marta ham mag'lubiyatga uchramagani, diqqatga sazovordir. U shogirdlari bilan birgalikda mana 14 turdirki mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirib kelmoqda. Navbatdagi turdagi g'alaba ispan murabbiyini yangi rekord soxibiga aylantiradi. Boisi bundesliga tarixida hali hech bir murabbiy jamoasi bilan 15 ta uchrashuvni mag'lubiyatga uchramagan holda o'tkazgan emas.

Yana bir etiborga molik jihat shundaki, "Gollivud FK" oxirgi 25 ta safar o'yinida ham biror marta mag'lubiyatga uchragani yo'q. Bu boradagi bundesliga rekordi ham aynan "Bavariya"ga tegishli. Myunxenliklar 1985-1987 yillar mobaynida 26 ta safar uchrashuvini mag'lubiyatga uchramagan holda o'tkazishgan.
Demak, "Bavariya" bugun yana bir qator rekordlarni yangilash imkoniga ega. Ammo "bremenlik mashshoqlar" bunga imkon berisharmikan? Bu savolga yaqin soatlar ichida javob topish imkoniga egamiz.

Zoxirjon Akramxonov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика