“Bavariya” Xummelsni sotishga rozi bo'ldi
16 iyu 2019 09:24
Yangiliklar


“Bavariya” Xummelsni sotishga rozi bo'ldi
Dortmundning “Borussiya” klubi rahbariyati “Bavariya” himoyachisi Mats Xummelsni sotib olish borasida myunxenliklar bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Bild nashri.
30 yoshli futbolchining transferi “Borussiya”ga 20 million evroga tushadi. Himoyachi dortmundliklar bilan shaxsiy kelishuv borasida aniq bir to'xtamga kelgan.
Xummels “Bavariya” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2007 yildan boshlab “Bavariya” asosiy jamoasida to'p tepgan. 2007/2008 yilgi mavsum yarmidan boshlab u “Borussiya”ga ko'chib o'tgan va 2016 yilgacha ushbu jamoa tarkibida harakat qilib, yana “Bavariya”ga qaytgandi.
2018/19 yilgi mavsumda Xummels myunxenliklar bilan Bundesligada g'olib chiqib, mamlakat kubogi va Superkubogida ham bosh sovringa ega chiqdi. Himoyachi ushbu mavsumda Germaniya chempionatida 1 ta gol urib, yana bitta golga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar