“Bavariya” ustozi: “PSJ passiv o'ynaganidan hayron qoldim”
15 fev 2023 08:15
Yangiliklar
“Bavariya” ustozi: “PSJ passiv o'ynaganidan hayron qoldim”
ECHL 1/8 finalida PSJ ustidan qo'lga kiritilgan safardagi g'alabadan keyin “Bavariya” ustozi Yulian Nagelsmann o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Dastlabki 25 daqiqada juda yaxshi o'ynadik va vaziyatni yaxshi nazorat qildik. SHunga qaramay, yanada samaraliroq harakat qilishimiz mumkin edi. Jamoa to'p bilan ko'proq muomalada bo'lganimiz bizni hayron qoldirgandek bo'ldi, PSJ orqaga qaytishni afzal ko'rdi.
PSJ doimo chuqur himoyalanishini bilardim, ammo ularning passivligi, juda orqada o'ynashi va ularning to'pni olib qo'yishni rejalashtirmagani meni hayratda qoldirdi”, deydi Nagelsmann.
Eslatib o'tamiz, javob bahsi 8 mart kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.
Fikrlar