“Bavariya” ustozi: “Nimani rejalashtirgan bo'lsak, barchasini amalga oshira oldik”
10 noy 2019 08:15
Yangiliklar
“Bavariya” ustozi: “Nimani rejalashtirgan bo'lsak, barchasini amalga oshira oldik”
“Bavariya” bosh murabbiyi vazifasini bajaruchi Xans-Diter Flik Bundesliga 11-turi doirasida “Borussiya” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Myunxendagi “Alyanc-Arena”da kechgan bellashuv 4:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.
“Maydonda futbolchilar biz nimani rejalashtirgan bo'lsak, shuni amalga oshira olishdi. Yigitlar aynan muxlislar kutgan, o'rgangan futbolni namoyish etishdi. Qachonki yaxshi himoyalana olsang, ko'proq vaziyatlar yarata olishingga ishonching ortadi. SHu jihat bizga yordam berdi”, deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Bavariya” klubi rasmiy sayti.
Fikrlar