“Bavariya” to'purari jarrohlik stoliga yotqiziladi
20 dek 2019 23:26
Yangiliklar
“Bavariya” to'purari jarrohlik stoliga yotqiziladi
“Bavariya”ning asosiy hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionati 17-turida “Volfsburg”ga qarshi bahsdan keyin jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazadi.
Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Biz vaqtni yo'qotmoqchi emasmiz”, deya bayonot berdi “Bavariya” ustozi Xans-Diter Flik.
Takidlash joiz, yana bitta tur o'yinlaridan so'ng Germaniya chempionatida jamoalar qishki tatilga chiqishadi. “Bavariya” keyingi turni 19 yanvar kuni o'tkazadi.
“Bavariya”- “Volfsburg” bellashuvi esa ertaga, 21 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Myunxenliklar ayni paytda turnir jadvalida peshqadam “Leycpig”dan to'rt ochka kam jamg'arib, 4-pog'onada borishmoqda.
31 yoshli Levandovski klub safida joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi. U ayni paytda Bundesliga va ECHL musobaqasi to'purarlari bahsida karvonboshilik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar