“Bavariya” sport direktori Upamekanoning transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
30 jan 2021 20:15
Yangiliklar


“Bavariya” sport direktori Upamekanoning transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
“Leypcig” himoyachisi Dayo Upamekano yaqin orada “Bavariya” azosiga aylanishi mumkin.
Myunxenliklar sport direktori Xasan Salixamijichning aytishicha, futbolchi bilan muzokaralar boshlangan.
“Ha, ushbu futbolchiga qiziqmoqdamiz. Kecha uning agentlari bilan uchrashuv o'tkazdik, keyin nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi”, deydi Salixamijich.
22 yoshli Upamekano joriy mavsum klub safida 24 o'yinda maydonga tushib, 1+1 natija qayd etdi. Uning transfer narxi esa 60 mln evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar