"Bavariya" so'nggi 7 oy ichida 6 ta sovrin yutdi
12 fev 2021 09:30
Yangiliklar


"Bavariya" so'nggi 7 oy ichida 6 ta sovrin yutdi
"Bavariya" kecha klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'ldi.
Bu orqali jamoa so'nggi 7 oy ichidagi 6-sovrinini qo'lga kiritdi.
Myunxenliklar ushbu musobaqadan tashqari Germaniya chempionati, mamlakat kubogi va superkubogi, shuningdek Evropa chempionlar ligasi va Evropa superkubogi musobaqalarida g'olib chiqishdi.
Avvaliga klublar o'rtasidagi jahon chempionati dekabr oyiga reja qilingandi. Ammo koronavirus sabab o'yinlar fevralga qoldirildi. SHu sababli, "Bavariya" "Barselona"ning 2009 yilgi rekordini yangilay olmadi. O'shanda kataloniyaliklar 2009 yilda 6 ta sovrin qo'lga kiritishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar