"Bavariya" "Siti"dan Sanening Myunxen libosidagi suratlari uchun uzr so'radi. Transfer hali amalga oshirilmagan
03 iyu 2020 10:19
Yangiliklar
"Bavariya" "Siti"dan Sanening Myunxen libosidagi suratlari uchun uzr so'radi. Transfer hali amalga oshirilmagan
Nemis klubi matbuot xizmati xatolikka yo'l qo'ydi.
"Bavariya" "Manchester Siti"dan rasmiy transfer bo'lib o'tmagan bo'lsa ham, "shaharliklar" yarim himoyachisi Leroy Sanening Myunxen klubi libosidagi suratlarini elon qilgani uchun uzr so'radi.
Futbolchining suratlari "Bavariya" saytining arab sahifasida elon qilindi va so'ngra o'chirib tashlandi.
Oldinroq malum bo'lganidek, Sane "Bavariya" bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan. Myuxenliklar xavbek uchun 49 million evro (bonuslar bilan birga 60 mln) to'lashadi, o'yinchining o'zi esa yiliga 17 million atrofida maosh oladi.
Fikrlar