"Bavariya" SHupo-Moting bilan shartnomani uzaytirdi
04 mar 2023 10:26
Yangiliklar
Erik Maksim SHupo-Moting 2024 yilning yoziga qadar "Bavariya" o'yiinchisi bo'lib qoladi, deya xabar berdi Myunxen klubi rasmiy sayti. Tomonlar 2023/23 yilgi mavsum oxirida yakunlanadigan bitimni uzaytirishdi.
Kamerunlik forvard 2020 yilning kuzida "Bavariya" futbolchisiga aylangan edi. U "rekordmayster" tarkibida 82 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi. Levandovski ketgach, u ko'pincha "to'qqizlik" hujumchi vazifasini bajarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar