"Bavariya" PSJ o'yinchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
16 yanv 2020, 10:53
PSJ himoyachisi Toma Myone faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin.

Myunxenliklar qishki transferlar oynasidayoq himoya chizig'ini kuchaytirishmoqchi.

Nemis klubi shu sababdan 28 yoshli belgiyalik futbolchining transferini ko'rib chiqmoqda.

Taxmin qilinishicha, o'yinchining parijliklar bilan tuzgan shartnomasi shu yozda yakuniga yetishi bois, transfer narxi ham yuqori bo'lmaydi.

Myone joriy mavsum Fransiya chempionatida 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild