"Bavariya" prezidenti Mbappe bilan shartnoma imzolash imkoniyati haqida gapirdi
17 dek 2020 18:47
Yangiliklar


"Bavariya" prezidenti Mbappe bilan shartnoma imzolash imkoniyati haqida gapirdi
"Bavariya" rahbari Karl-Xaync Rummenigge PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash imkoniyati haqida gapirdi.
"Menga Mbappe va uning o'yin uslubi yoqadi, ammo biz bunday transferni hech qachon amalga oshira olmaymiz. Bu iqtisodiy jihatdan haqiqat.
PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfi - mening yaqin do'stim. Ishonavering, men uni bu borada bezovta qilmayman", - deydi Rummenigge.
Kilian Mbappening PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Uning "Real"ga o'tishi borasida ko'plab xabarlar yangramoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar