"Bavariya" prezidenti: "Barselona" bilan bo'lgan hodisa barchamiz uchun ogohlik bo'lishi kerak"
26 sen 2021 07:28
Yangiliklar
"Bavariya" prezidenti: "Barselona" bilan bo'lgan hodisa barchamiz uchun ogohlik bo'lishi kerak"
"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner "Barselona"ning moliyaviy va sport holati haqida gapirdi.
"Barselona" bilan bo'layotgan hodisa barchamiz uchun ogohlik bo'lishi kerak. Jamoalar yillar davomida raqobatbardosh bo'lib qolishi uchun bazi narsalarni yaxshiroq tartibga solishga harakat qilishimiz kerak.
Klublarda moliyaviy muammolar bor. O'yinchilar va agentlar maoshlari o'smoqda va bu yaxshi emas", - deydi Xayner.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" moliyaviy sabablar tufayli o'tgan yozda Lionel Messini o'z tarkibida saqlab qola olmadi.
Fikrlar