"Bavariya" Noyerni yo'qotishi mumkin
19 avg 2021 18:47
Yangiliklar
"Bavariya" Noyerni yo'qotishi mumkin
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer "Borussiya" (Dortmund) (3:1)ga qarshi Germaniya Superkubogi uchun o'tkazilgan o'yinda jarohat oldi.
35 yoshli darvozabon to'pig'idan jarohat olgan. SHu sabab posbon "Bavariya"ning Germaniya chempionatidagi yaqin o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.
Myunxen jamoasi Bundesliganing ikkinchi turida o'z uyida "Kyoln"ni qabul qiladi. Bahs 22 avgust kuni o'tkaziladi.
Noyer "Bavariya"da 2011 yildan beri o'ynaydi. Uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar