"Bavariya" muxlislari uchun xushxabar
05 jan 2019 23:15
Yangiliklar
"Bavariya" muxlislari uchun xushxabar
"Bavariya" matbuot xizmati jamoaning uch nafar futbolchisi safga qaytganini malum qildi.
Ayni paytda "Bavariya" jamoasi Qatarning Doha shahrida mashg'ulot o'tkazmoqda. Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, jarohatidan qutulgan futbolchilar, Xames Rodrigez va Mats Xummels jamoa mashg'ulotida ishtirok etishyapti. SHuningdek, Serj Gnabri ham to'liq tiklanish jarayonini o'tkazayotgani aytib o'tilgan.
Muxlislar hamon Aren Robbenni safga qaytishidan umidavor. "Bavariya" matbuoti xizmati gollandiyalik vingerni qachon safga qaytishi hali nomalum ekanini elon qildi.
Fikrlar