"Bavariya" "Manchester Siti" zaxira futbolchisiga qiziqmoqda
24 iyu 2023 11:09
Yangiliklar
Kristian Falkning xabar berishicha, "Bavariya" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillipsni safiga qo'shib olmoqchi. Myunxen klubi "Vest Xem"dan Deklan Raysni qo'lga kiritish imkoniyati past ekanligini tushunadi, shuning uchun maydon markazini kuchaytirish uchun boshqa variant kerak.
"Manchester Siti" o'tgan yozda Kelvin Fillips uchun "Lids"ga deyarli 50 mln evro to'lagan. Biroq 27 yoshli futbolchi o'tgan mavsum bor-yo'g'i 21 ta o'yinda maydonga tushib, atigi 595 daqiqa o'ynagan.
SHuningdek, "Bavariya" "Manchester Siti"dan himoyachi Kayl Uokerni sotib olmoqchi.
O’xshash yangiliklar
00:44
Pep Gvardiola: "Husanov APLda o'ynashga tayyor. ECHLda esa pley-offga chiqib olishimiz kerak" 5
Fikrlar