"Bavariya" "Manchester Siti" futbolchisini kuzatmoqda
11 sen 2019 18:45
Yangiliklar


"Bavariya" "Manchester Siti" futbolchisini kuzatmoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sanega hali hanuz "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.
Myunxen klubi "shaharliklar" bilan bir qatorda futbolchining jarohatdan qutulishini kuzatmoqda.
Sane Avstriyada, vrach Kristian Fink yordamida davolanayotgan edi. Qayd etish kerakki, "Bavariya" bu shifokor bilan tez-tez ishlab turadi.
Germaniyalik futbolchi seshanba kuni operaciyadan so'ng Insbrukni tark etdi va Manchesterga qaytdi. Tiklanish reja bo'yicha davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Sanening "Bavariya"ga o'tishi juda yaqin edi, ammo transfer futbolchining jarohati tufayli barbod bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar