“Bavariya” Lyuka Ernandezni 85 mln evroga sotib oladigan bo'ldi

26 mar 2019, 08:11
“Bavariya” yozda “Atletiko M” himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi.

France Football nashri xabariga ko'ra, Myunxen klubi futbolchi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. “Bavariya” futbolchi uchun Madrid klubiga 85 mln evro to'laydi. U klub bilan 2025 yil yoziga qadar shartnoma tuzadi. 

Uning Myunxendagi maoshi esa yiliga 13 mln evroni tashkil qiladi.

Joriy mavsum Lyuka Ernandez “Atletiko M” saafida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football