"Bavariya" Livakovich transferini muhokama qilgani yo'q
12 dek 2022 14:27
Yangiliklar
"Bavariya" Livakovich transferini muhokama qilgani yo'q
"Bavariya" Zagrebning "Dinamo"si va Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni Dominik Livakovich transferini muhokama qilmayapti.
Bu haqda "Bild" jurnalisti Kristian Falk o'zining Twitter sahifasida xabar berdi.
Oldinroq insayder Nikolo Skira myunxenliklar qiziqishlari haqida malum qilgandi. "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer oyog'ini sindirib oldi va mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.
27 yoshli Livakovich 2022/2023 yilgi mavsum "Dinamo" safida 28 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 35 ta to'p olib chiqdi va 4 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Livakovich Qatarda bo'lib o'tayotgan mundialda 5 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol o'tkazib yubordi va 2 ta o'yinni "quruq" o'tkazdi.
Xorvatiya terma jamoasi Livakovich bilan JCH-2022 pley-off bosqichida ikkita o'yinda g'alaba qozondi.
Fikrlar