"Bavariya" "Leypcig" futbolchisi bilan kelishib olmagan
28 iyu 2019 10:13
Yangiliklar


"Bavariya" "Leypcig" futbolchisi bilan kelishib olmagan
"RB Leypcig" hujumchisi Timo Vernerning agenti Karl-Xaync Ferster mijozi "Bavariya"ga o'tishi borasidagi malumotlarni inkor etdi.
"Yo'q. Bu malumotlar haqiqatga yaqin emas. Bu mish-mishlarni eshitganimda ajablangandim", - dedi agent.
Vernerning jamoa bilan shartnomasi keyingi yili yakunlanadi. Uning xizmatlariga "Liverpul" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Oldinroq "Leypcig" sport direktori hujumchi jamoa bilan shartnomani uzaytirishni istamayotganini aytgandi.
Verner o'tgan mavsumda jamoasi tarkibida 37 o'yinda qatnashib, 19 gol kiritgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar